Marg‘ilon shahar musiqali maqom teatri Boysunda…

Date:

Maqomlar sharq musiqasiga xos bo‘lgan turkumli san’at turidir. Ular turli mamlakatlarda har xil nomlanadi. O‘zbek va tojiklarda maqom, uyg‘urlarda muqom, Ozarbayjonda mug‘om, arab va turklarda maqam, E’ronda Dastgoh, hindlarda raga kabi.

Vodiy tomonlarda Farg‘ona-Toshkent maqom yo‘llari keng tarqalgan va ular o‘ziga xosligi, xalqchilligi bilan ajralib turadi. Maqom – ilohiy san’at. Uni ijro qilish uchun ilohiy qobilyat talab etiladi. Ota-bobolarimiz ushbu beqiyos san’atga chuqur hurmat ila qaraganlar. XVIII-XIX asrlarda bugungi O‘zbekiston hududida joylashgan amirlik va xonliklarda maqomlarni buzib ijro etish mumkin bo‘lmagan. Aks holda ijrochi qattiq jazolangan. Shuning o‘zginasi maqomlarning qadr-qimmatiga ko‘rsatilgan cheksiz hurmatdir balki. Maqomlar ustozdan shogirdga og‘zaki tarzda o‘tib, bizning davrimizgacha yetib kelgan.

Ushbu san’at turini kelgusi avlodlarga yetkazish, boqiyligini ta’minlash maqsadida Margʻilon shahar musiqali maqom teatri tashkil etildi. Ushbu teatr Markaziy Osiyoda yagona. Bu dargoh teatrlashtirilgan tomosha va konsert dasturlari orqali maqom sanʼati, shuningdek, qiziqchilik va askiya sanʼatidan xalqimizni bahramand etib kelmoqda. Oʻtgan qisqa vaqt mobaynida teatr repertuaridagi “Navoiy”, “Shashmaqom”, “Munojot, “Muhabbat boʻstoni” musiqali maqom spektakllari, “Gulmisiz, rayhonmisiz, jambilmisiz”, “Fargʻonacha kulgu” kabi teatrlashtirilgan askiya dasturlari tomoshabinlar hukmiga havola etildi.

Ijodiy jamoa O‘zbekiston bo‘ylab ijodiy safarlar uyushtirib, repertuaridagi tomoshalarni, o‘z san’atlarini namoyish etib, tomoshabinlar mehrini qozonib kelmoqda. Navbatdagi manzil Surxondaryo viloyati bo‘ldi. Boysun tumanidagi markaziy madaniyat uyida Marg‘ilon shahar musiqali maqom teatri tomonidan teatrlashtirilgan konsert dasturi taqdim etildi. Boysunliklar ajib ohanglardan mast bo‘lib, milliy san’atimizning jozibasini yana bir bor his etdilar.

S.Murodova

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Huquqbuzarliklarning oldini olish — e’tiborda

Termiz harbiy prokuraturasi tomonidan Kakaydi garnizonida joylashgan harbiy qismlardan...

Harbiy xizmat: huquq, tartib va mas’uliyat

Termiz harbiy prokurorining yordamchisi, adliya katta leytenanti S.Bebetov Oltinsoy...

Reja ortig‘i bilan bajarildi

Jarqo‘rg‘on tumanida To‘palang suvini aholi xonadonlariga yetkazish bo‘yicha ishlar...

Karta bloklandimi? Sababini bank aytadi

Bank kartasi bloklangan fuqarolar uchun muhim qulaylik yaratildi. Endilikda...
KunTun
KunTun