O‘zbekiston — sayyohlik ko‘lami va qadimiy maskanlari bo‘yicha dunyoning yetakchi o‘nligida…

Date:

Mamlakatni ham ma’naviy, ham moddiy jihatidan boy qiluvchi soha bu — turizmdir. Rost-da, turistlar oqimining ortib borishi hududning iqtisodini boyitish barobarida, urf-odat, an’ana almashinuvi, til va madaniyat uyg‘unlashuvini ham ta’minlab beradi. Boy tarixga ega bo‘lgan O‘zbekiston o‘zining diqqatga sazovor go‘shalari, madaniyati, ming yilliklardanda uzoqqa borib tutashuvchi qadamjolari, osori-atiqalari bilan turistlarni o‘zining atrofida yig‘moqda. Fikrimning isboti tarzida esa O‘zbekiston Respublikasining sayyohlik ko‘lami va qadimiy maskanlari bo‘yicha dunyoning yetakchi o‘n mamlakati qatorida turayotganini keltirish mumkin.

“Xalqaro turizm kuni” munosabati bilan Termiz shahrida turizm sohasining yetakchi drayveri hisoblanmish Termiz Arxeologiya muzeyida bayram tadbiri tashkil etildi. Ma’lumot o‘rnida, ushbu sana Birlashgan Millatlar Tashkilotining “Xalqaro turizm tashkiloti” tomonidan ilk bor 1979-yilda Ispaniyada bayram sifatida nishonlanganini aytish mumkin. Shundan buyon har yili 27-sentyabr — “Xalqaro turizm kuni” sifatida keng nishonlanib kelinmoqda. Asosiy maqsad esa global miqyosda turizmni targ‘ib qilish, xalqlar o‘rtasidagi do‘stlik munosabatini mustahkamlashdir. Sana munosabati bilan Surxondaryo viloyat hokimi o‘rinbosari, Surxondaryo viloyati Turizmni rivojlantirish boshqarmasi boshlig‘i Jo‘rabek To‘rayev yig‘ilganlarni qutlab, soha vakillarining zahmatkash mehnatiga alohida to‘xtalib o‘tdi.

Bugunga kelib turistlarga xizmat ko‘rsatish sifati tubdan yaxshilangan. Ularning xavfsizligi to‘liq ta’minlanib, sayohatlari ko‘ngildagidek o‘tishi uchun bor imkoniyatlar ishga solinmoqda. Bundan olti yil ilgari 10 ga yaqin mehmonxona sayyohlar uchun xizmat ko‘rsatgan bo‘lsa, ayni paytda ularning soni 54 taga yetgan. Turistik obyektlar qayta ta’mirlanib, rekonstruksiya qilinmoqda. Ana shu ezgu ishlarda bosh-qosh bo‘lib, sayyohlarni jalb qilayotgan, moddiy merosimizni butun dunyoga mashhur qilishni maqsad qilib olgan bir qancha soha vakillari bayram-tadbiri davomida faxriy yorliqlar, esdalik sovg‘alari bilan mukofotlandi.

“Jayhun” folklor-etnografik ansamblining, “Sarmangan” folklor-etnografik dastasining raqslari, gimnastika sport turlariga ixtisoslashtirilgan sport maktabi qizlarining jozibali chiqishlari bayram kayfiyatiga o‘zgacha shukuh qo‘shibgina qolmay, milliyligimizning yana bir bora namoyishi ham bo‘ldi. Surxon vohasi turistik salohiyatini namoyish etuvchi videorolikni tomosha qila turib, beixtiyor inson qalbida faxr, g‘urur tuyg‘usi jilvalanadi. Shu yutda tug‘ilganingga shukrona keltirasan kishi.

D.Otaqulova,
X.Karshiyev,
(foto)

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Adolat va shaffoflik timsoli

“Ibratli sudya” mukofoti sudyalarning faoliyatini rag‘batlantirish va ularning xolisona...

“Yashil iqtisodiyot” fondi tashkil etiladi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston–2030 strategiyasini Atrof-muhitni asrash va “yashil...

Plastik chiqindiga doir yangi taklif

2025-yil 1-noyabrgacha plastik mahsulotlar ishlab chiqaruvchilar hamda import qiluvchilarga...

“Toza qo‘llar” dasturi amalga oshiriladi

Barcha sog‘liqni saqlash va ta’lim muassasalarida qo‘l yuvish joylari...
KunTun
KunTun