Monitoring tadbirlari tashkil etildi

Date:

Maktabgacha ta’lim yoshidagi bolalar qamrovini yuz foizga yetkazish maqsadida oxirgi bir necha yil ichida Surxondaryo viloyatida e’tiborga molik ishlar amalga oshirildi, deb aytish mumkin. Chekka-chekka hududlar, qishloq va ovullargacha maktabgacha ta’lim tashkilotlari qurilib, kerakli jihozlar bilan ta’minlandi, barcha shart-sharoitlar yaratildi. Qishloqdagi qulaylik va imkoniyat shahardagidan kam emas. sohaga malakali mutasassislarning jalb etilgani esa bolalarning munosib tarbiyalanishida, maktabga tayyorlanishida eng muhim jihat deyish mumkin.

Bog‘cha qurildi, shart-sharoit yaratildi degani hammasi joyida, maqsadga erishildi, degani emas. faoliyat yuritayotgan maktabgacha ta’lim tashkilotlarining bin ova inshootlari talabga javob beradimi, qolaversa o‘g‘il-qizlar munosib ta’lim-tarbiya olyaptimi? Bu kabi savollarga javob toppish maqsadida viloyat hokimligi huzurida Jamoatchilik guruhi tashkil etilgan. Va bu guruh ishtirokida doimiy tarzda kuzatish, tekshirish, monitoring ishlari amalga oshirilib, tizim va faoliyat doimiy nazoratga olingan.

Bu safar ham Surxondaryo viloyatida 2022-2026-yillarga mo‘ljallangan Yangi O‘zbekistonning taraqqiyot strategiyasini “Inson qadrini ulug‘lash va faol mahalla yili”da amalga oshirishga oid Davlat dasturining 54-bandi Maktabgacha ta’lim yoshidagi bolalar qamrovini 70 foizga yetkazish bo‘yicha Termiz shahridagi Maktabgacha ta’lim tashkilotlarini 2022-yilda qurilishi hamda rekonstruktsiya qilish ishlarini o‘rganish yuzasidan Jamoatchilik monitoring tadbirlari tashkil etildi.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Tomoshadan zavq olib…

Bolalarning ilk yoshidan savodxonlik, ratsional ovqatlanish, shaxsiy gigiyena va...

Talablar belgilandi

Adliya vazirligi tomonidan SHNQ 2.07.06-23 «Shahar ko‘cha-yo‘llari. Piyoda mintaqalari...

Ochiq eshiklar kunida…

Albatta, bolajonlardan kelajakda kim bo‘lishlarini so‘rasangiz, kimdir harbiy, kimdir...

Munosiblar tavsiya etiladi

Imtiyoz so‘zi quloqqa xush yoqadi. Har birimiz qanday bo‘lmasin,...
KunTun
KunTun