Har birimiz ideal bo‘lishga intilamiz. Bu tashqi ko‘rinishimiz-u ruhiyatimizda ham namoyon bo‘ladi. To‘g‘ri, bu insonga xos xususiyat. Ayniqsa, ortiqcha vazn to‘plamaslik, qomatni risoladagidek saqlash nozik xilqat egalari uchun eng muhim jihatlardir. Sport mashg‘ulotlariga doimiy qatnash yaxshi, ammo bu yanada qiziqarli bo‘lsa, mashg‘ulotlarga sho‘ng‘ib ketish hech gap emas. Jismoniy rivojlanish sohalaridan biri bu gimnastika.
Gimnastika ham o‘z tarixiga ega va davrlar silsilasidan sayqallanib, rivoj topib, takomillashib bordi. Eng muhim jihati shundaki, gimnastika bilan shug‘ullanishni erta bolalikdan boshlash va unga moslasha olish shart.
Tasma yoki halqa bilan musiqa ohangiga mos nozik harakatlar badiiy gimnastikaning nafis san’at turi darajasiga ko‘tarib qo‘yadi. Tomoshabin sahnadagi holatdan, gimnastikachining harakatlaridan zavq oladi. Sariosiyo tumanidagi 1-sonli Bolalar va o‘smirlar sport maktabida “O‘zbekiston Respublikasi Davlat mustaqilligining 31 yilligi” hamda 1-oktyabr — O‘qituvchi va murabbiylar kuni munosabati bilan sportning badiiy gimnastika turi bo‘yicha bo‘lib o‘tgan “Gimnastika malikalari” sport musobaqasining viloyat bosqichida ishtirokchi qizlar o‘z san’atini namoyish etdilar.
Oqqush misol ko‘rinish bergan qizlar o‘z chiqishlari bilan barchani o‘zlariga qaratishdi. O‘ziga xos harakatlar bilan mahoratlarini namoyish etgan nodir iste’dod sohibalarining chiqishlarini baholash hakamlar hay’ati uchun ham mushkul jarayonga aylangani aniq.
Birinchi o‘ringa Sariosiyo tumanining gimnastikachi malikalari munosib ko‘rildi. Termiz shahri nomini himoya qilgan jamoa ikkinchi, uzunlik gimnastikachilar esa uchinchi o‘rinni egallashdi. Yakunda g‘olib va sovrindorlar tashkilotchilarning medal, diplom hamda estalik sovg‘alari bilan taqdirlandi.
Hilol