“Oqila ayollar” harakati tashkil etildi

Date:

Farzand tarbiyasida, kamolga yetishida, oilaning sarishta, fayzli bo‘lishida oqila ayollarning o‘rni va ro‘li nihoyatda katta. Jamiyat hayotimizda ana shunday ayollarni qo‘llab-quvvatlash, faolligini oshirish, gender tenglikni ta’minlash borasida katta ishlar amalga oshirilayotgani siz-u bizga yaxshi ayon. Yoshlarga tarbiyaviy ta’sir ko‘rsata oladigan obro‘-e’tiborli va katta hayotiy tajribaga ega, faol va tashabbuskor ayollarning sa’y-harakatlarini birlashtirish uchun zarur shart-sharoitlar yaratish maqsadida Vazirlar Mahkamasining “Oqila ayollar” harakati faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori qabul qilindi.

Qaror bilan Oila va xotin-qizlar Uzun tuman bo‘limida doimiy faoliyat yurituvchi jamoatchilik tuzilmasi – “Oqila ayollar” harakati tashkil etildi. Yoshlar o‘rtasida oilaviy-huquqiy munosabatlar, oilaviy hayot psixologiyasi, oila iqtisodi va byudjeti hamda “Oila – muqaddas” tushunchasini keng targ‘ib qilish harakatning asosiy vazifasi sanaladi.
Aytish kerakki, Harakat va uning boshlang‘ich guruhlari tarkibiga kiritilgan faol va tashabbuskor ayollar amalga oshirgan ishlarining natijadorligiga ko‘ra homiylik xayriyalari hisobidan rag‘batlantirib boriladi. Bunda faol va tashabbuskor ayollar faoliyati natijalari bo‘yicha davlat mukofotlari, “Moʻtabar ayol”, “Mahalla iftixori”, “Mehnat faxriysi” ko‘krak nishoni va boshqa esdalik, ko‘krak nishonlari, idoraviy mukofotlarga tavsiya etilishi, sanatoriylarda davolanish uchun yo‘llanmalar berilishi mumkin.

Tuman hokimligi majlislar zalida ayni masalalarga bag‘ishlangan yig‘ilish o‘tkazildi. Yig‘ilishda jamiyatda yangi ma’naviy makon yaratishda faol va tashabbuskor ayollarning sa’y-harakatlarini birlashtirish uchun zarur shart-sharoitlar yaratishda “Oqila ayollar” harakatining afzalliklari haqida ma’lumotlar berildi.
30 nafar “Oqila ayollar” harakati a’zolari ichidan 4-sonli maktabgacha ta’lim tashkiloti direktori Nazokat Ismatova oqila ayollar yetakchisi etib saylandi.

S.Murodova

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Volksvagen — o‘zimizda ishlab chiqariladi

O‘zbekiston bozori — ayni paytda o‘sishda davom etayotgan va...

Xizmat yanada rivojlanmoqda

Bugungi kunda Ichki ishlar vazirligi huzuridagi Qo‘riqlash Departamenti hamda...

Rus tili imtihoni majburiy bo‘ladi

Rossiya Federatsiyasida migrant bolalarining ta’lim muassasalariga qabul qilinishi bo‘yicha...

Suvdan noqonuniy foydalanishni videoga oling, mukofoti bor

Yurtimizda suvdan foydalanish qoidalarining buzilishi holatlarini foto yoki video...
KunTun
KunTun