Boysunda “Yangi O‘zbekiston” massivi tashkil etiladi

Date:

Hududlarda “Yangi O‘zbekiston” massivlarini qurish ishlari jadallik bilan davom etayotir. Aholining uy-joy sharoitini yaxshilash, zamonaviy shaharsozlik talablari asosida ko‘p qavatli uy-joylar qurish bugunning muhim talablaridandir. Shu maqsadda Boysun tumanining “Mustaqillik” mahallasi hududidan 7,7 ga yer maydoni tanlab olinib, 10 dona 5 qavatli 200 xonadondan iborat turar joylar qurilishi boshlab yuborilgan. Qolaversa, ushbu massivda qurilayotgan uy-joylarda 30 ta ijtimoiy himoyaga muxtoj oilalarni uy-joy bilan ta’minlash rejalashtirilgan.

“Yangi O‘zbekiston” massivini qurishda tumandagi 4 ta pudratchi korxona (“Prof-Byulding-Group” MCHJ, “Narzi Qushbegi” XK, “Muqtadir-Ixtisos-Ta’mir” XK, “Boysun Qurilish-Santexnika” MCHJ) tomonidan amalga oshirilayotir. Bunyod etilayotgan massivda jome masjidi, arxiv binosi, prokuratura binosi va 1 ta mehmonxona mavjud.
Ko‘p qavatli uylar yaqinida 2022-2024-yillar davomida 1 ta 150 o‘rinli maktabgacha ta’lim tashkiloti, 1680 o‘rinli umumta’lim maktabi, 14 ta savdo va maishiy xizmat ko‘rsatish binolari, 1 ta mahalla binosi, 1 ta mahalla guzari, 2 ta qandolat ishlab chiqarish sexi, 1 ta kichik sanoat zonasi, 1 ta sport sog‘lomlashtirish majmuasi va 1 ta oilaviy poliklinika qurilishi rejalashtirilgan. Bir so‘z bilan aytganda, yangicha ko‘rinish kasb etadigan massivda aholi uchun barcha shart-sharoit, qulayliklar yaratiladi.

S.Davlatova

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Narkotik savdosining noqonuniy kanali fosh etildi

Davlat xavfsizlik xizmatining Surxondaryo viloyati bo‘yicha boshqarmasi xodimlari tomonidan...

Sifatsiz tovar va xizmatlar: huquqiy yechim qayerda?

Toshkent davlat tibbiyot universiteti Termiz filiali majlislar zalida «Yuksalish»...

Imkoniyatlar va muammolar o‘rganildi

Angor tumani hokimi Qosim Mardonov «Angor karvonsaroy» savdo kompleksida...

Bir bayroq — bir xalq, bir maqsad

Termiz tumani hokimligi tadbirlar maydonida O‘zbekiston Respublikasi Davlat bayrog‘i...
KunTun
KunTun