“Barkamol avlod” bolalar maktabida “Ochiq eshiklar kuni” o‘tkazildi

Date:

Maktabdan tashqari farzandlarimizning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish maqsadida qiziqish va iqtidoriga qarab, turli fan, sport, ijodiy to‘garaklarga qatnashishi uchun sharoit yaratamiz. Shu o‘rinda ular bu imkoniyat va shart-sharoitdan o‘rinli foydalanyaptimi, bildirilgan ishonchni oqlayaptimi degan haqli savol tug‘iladi.

To‘g‘ri, ba’zida ishdan bo‘shab ularni tergagan, so‘rab-surishtirgan bo‘lamiz. Ammo, o‘g‘il-qizlarining taqdiriga qiziqqan va befarq bo‘lmagan ota-ona aniqki, maktab, qo‘shimcha to‘garaklarga qatnaydigan muassasalar bilan doimiy aloqada bo‘lib turadi. O‘z navbatida har tomonlama hamkorlik esa bola tarbiyasida o‘ta muhim jarayondir. Shu maqsadda Sherobod tuman “Barkamol avlod” bolalar maktabida “Imkonimsan, barkamol avlod” shiori ostida har yili an’anaviy tarzda o‘tkazilib kelinadigan “Ochiq eshiklar kuni” bo‘lib o‘tdi.

Tadbirga ota-onalar, umumta’lim maktablarining o‘quvchi-yoshlari taklif qilindi. Ota-onalar farzandlari tomonidan tashkil etilgan ijodiy ishlar ko‘rgazmasini maroq ila tomosha qildilar. Shuningdek, ushbu dargohda ular qanday yumushlar bilan band ekani, yutuqlari, kamchiliklari haqida xabardor bo‘lishdi.

Bir so‘z bilan aytganda ushbu tadbir jismonan sog‘lom, ma’nan yetuk, mustaqil fikrlaydigan, chuqur bilim va zamonaviy dunyoqarashga ega, Vatanimizning taqdiri va kelajagi uchun mas’uliyatni o‘z zimmasiga olishga qodir bo‘lgan barkamol yosh avlodni tarbiyalashni maqsad qilgani bilan ahamiyatli bo‘ldi.

H.Baxtiyorova

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Uzun tajribasi “Qushchilik” mahallasida

Hududlararo hamkorlik doirasida Uzun tumani mas’ullaridan iborat ishchi guruh...

Jasminadan oltin natija

Sherobod tumani sport maktabi tarbiyalanuvchisi Sadatova Jasmina Sobir qizi...

Daromadi 100 million…

      Yer — inson hayotining eng muhim va bebaho...

Atletlar bir maydonda jam

Termiz shahrida o‘smirlar va kichik o‘smirlar o‘rtasida og‘ir atletika...
KunTun
KunTun