Yutuqlar emas, kamchilliklarga ham to‘xtalib o‘tildi

Date:

O‘z faoliyatini tahlil qilish, xato va kamchiliklarni to‘ldirib borish o‘sishga, yaxshilanishga yo‘l ochadi. Asosiy yo‘nalishlarni belgilab olish esa aniq rejalilikdan, biror yerga og‘ishmay vazifani ado etishdan darak beradi. Ayniqsa, partiyalar o‘z yutuq va kamchiliklarni tinimsiz tahlil-u tanqid qilib tursa, bu ish butun millat, unda yashayotgan xalq uchun ham naf yetkazadi.

“Milliy tiklanish” demokratik partiyasi Surxandaryo viloyati Kengashining navbatdagi IV Plenumi aynan shu maqsadlarga bag‘ishlab o‘tkazildi.
Turli fikr-mulohazalarga boy bo‘lgan Plenumda O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati a’zosi, O‘zMTDP viloyat Kengashi a’zolari, O‘zMTDP viloyat Kengashi Ijroiya qo‘mitasi devoni xodimlari va boshqalar ishtirok etishdi.

Plenum O‘zMTDP Surxondaryo viloyati Kengashi raisi, Xalq deputatlari Surxondaryo viloyati Kengashi deputati Saydulla Abduraimovning partiya faoliyatiga bag‘ishlangan nutqi bilan boshlandi.
Ma’ruzada, joriy yilning 28-yanvar kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “2022-2026-yillarga mo‘ljallangan yangi O‘zbekistonning taraqqiyot strategiyasi to‘g‘risida”gi PF-60-sonli farmoni imzolanganligi va unda 100 ta maqsad belgilab olinganligi, shundan, 7-maqsadda, mamlakatimizdagi islohotlarni izchil davom ettirishda Oliy Majlis palatalari va siyosiy partiyalar rolini yanada oshirish belgilab olinganligi alohida ta’kidlandi. Shunga ko‘ra “Milliy tiklanish” demokratik partiyasining 6 oylik faoliyati tahlil qilindi. Partiya tomonidan joylarda jami 192 ta turli yo‘nalishlarda tadbirlar o‘tkazilib, ularda 8121 nafar vohadoshlarimizning ishtiroki ta’minlangan.

Ahamiyatli jihat shunda bo‘ldiki, Plenum davomida faqat partiyaning yutuqlariga emas, balki kamchilliklariga ham alohida to‘xtalib o‘tildi. Ba’zi tuman Kengashlari qoniqarsiz faoliyat olib borganligi, turizm sohasiga jiddiy e’tibor qaratilmayotgani faoliyatdagi oqsash deyish mumkin. Ana shu kamchiliklarning oldini olish maqsadida mas’ullarga kerakli topshiriqlar yuklatildi.
Tanqidiy ruhda o‘tgan plenumda boshqa ko‘plab masalalar ham ko‘rib chiqildi. Muhokama qilingan masalalar yuzasidan esa Kengash a’zolari va deputatlar tomonidan fikr-mulohazalar bildirildi. Yakunda tegishli qarorlar qabul qilinib, partiya oldida turgan galdagi vazifalar belgilab olindi.

D.Otaqulova,
N.Muhibulloyev,
(foto)

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

“UY”INI TOPOLMAYOTGAN GAPLARyoxud ijtimoiy tarmoqlar tarbiyasidagi oilalar

Bugungi kunda oilalardagi notinchlik, ajrimlar sonining ko‘payishi nafaqat individual...

EGASIDA QOLGAN SOVG‘A

YAPONIYANING POYTAXTDAN UNCHA UZOQ BO‘LMAGAN BIR QISHLOG‘IDA KEKSA SAMURAY...

Kichik mehmonxonalar qurish va jihozlash uchun subsidiya ajratiladi

Hukumat qarori bilan tuman va shaharlarda kichik mehmonxonalar qurish...

Mamontlar qaytadimi?

AQShda 2028-yilda mamontlarni qayta dunyoga keltirishmoqchi. Mamontchaning tug‘ilishi uchun...
KunTun
KunTun