SAMARQANDLIK TALABALAR SURXONDARYODA…

Date:

Ichki turizmni rivojlantirish, sayyohlar oqimini oshirish maqsadida Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi hamda Turizm va madaniy meros vazirligi o‘ziga xos hamkorlik yo‘lini tanlagan. To‘g‘ri-da, munosib kadr bo‘lib yetishish maqsadida tahsil olayotgan yoshlar, albatta, o‘zi yashayotgan hududni bilishi, tanishi, yetarlicha taassurotga ega bo‘lishi lozim. Faqat kitobdagi ma’lumotlarning o‘zi kamlik qiladi nazarimizda.

Samarqand-u Buxoroni ham sayohat, ham ziyorat qilish maqsadida oshiqqan bo‘lsak, samarqandliklar ham Surxondaryo bilan tanishish maqsadida sayohatga otlanishdi.

Samarqand shahrida 11 ta oliy ta’lim muassasasi joylashgan. Ta’lim muassasalarida 6 mingga yaqin samarqandlik yigit-qiz tahsil olishini hisobga olsak, ular orasidan bir guruhining Surxondaryoga sayohatga kelishi ichki turizm rivojida, Surxondaryoni tanitishda o‘ziga xos burilish bo‘ladi deyish mumkin.
Talabalar sayohati Boysun tumanidan boshlandi. O‘ziga xos tabiat va manzaraga ega tuman milliy hunarmandchilikning makoni hamdir. O‘zgacha taassurotlar olgan talabalar so‘ng Sherobod tumaniga yo‘l oldilar. Imom Abu Iso Muhammad at-Termiziy ziyoratgohida bo‘lib, majmuani ziyorat qilish barobarida ulug‘ ajdodimizning tarixi haqida qimmatli ma’lumotlarga ham ega bo‘lishdi.

Diqqatga sazovor go‘shalarni kezib, Surxondaryoni kashf etishni istagan yoshlarning sayohati davom etmoqda…

Hilol

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Hamma narsa pul bilan hal bo‘ladi…mi?

Tasavvur qiling: yangi maktab qurilishi uchun ajratilgan mablag‘ning bir...

Samarqandga safar: tarix, mehr va ilhom manzili

“O‘zbekiston bo‘ylab sayohat qil” shiori ostida ishchi va xodimlarni...

“Vatanparvar” bog‘ida unutilmas kun…

Harbiy xizmatchilar va ularning oila a’zolarining bo‘sh vaqtini mazmunli...

Takrorlardan xoli…mi?!

Xususiy notarial institutining rivojlanishi notarius faoliyatini samarali tashkil etish...
KunTun
KunTun