SUNNAT TO‘YI O‘TKAZIB BERILDI

Date:

Ozod va obod Vatanda to‘y-u tantanalar, shodiyonalar yarashadi. Ko‘ngillarni shod etish, yaxshilik ulashish-u, savob ishlar qilish yarashadi. Xalqimizga xos qadriyatlar, odatlar, insoniy fazilatlar esa bolajon va odamohun ekanimizni isbotlab beradi. Qumqo‘rg‘on tumanidagi Baraka savdo majmuasida boshlangan karnay-surnay sadolari esa ana shunday bag‘rikenglikning ovozasi bo‘lib xizmat qildi.

Ushbu majmuada kam ta’minlangan ehtiyojmand oilalarning 25 nafar farzandlarining sunnat to‘ylari o‘tkazildi.
Ezgu tashabbusga bosh-qosh tuman hokimi A.Normamatov so‘zga chiqib, eng ezgu tilaklarni bildirib, to‘y bolalarga atalgan to‘yonalarni topshirdi.

Ma’naviyat festivali doirasida Respublikadan tashrif buyurgan O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artist, aktyor Mehmonali Salimovning kutilmagan tashrifi esa barchani quvontirib yubordi. Ha, niyat ezgu bo‘lsa, imkonsiz narsalar ham o‘z ro‘yobini topar ekan.

To‘ybolalar viloyatdan tashrif buyurgan san’atkorlar ijrosidagi kuy-qo‘shiqlarga raqsga tushib, shodlandilar. Yuz-ko‘zlarda tabassum, ko‘ngillar quvonchda. Yaxshilar harakati bilan boshlangan to‘y o‘zgacha shukuhda va fayzli o‘tdi.

S.Davlatova

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Uzun tajribasi “Qushchilik” mahallasida

Hududlararo hamkorlik doirasida Uzun tumani mas’ullaridan iborat ishchi guruh...

Jasminadan oltin natija

Sherobod tumani sport maktabi tarbiyalanuvchisi Sadatova Jasmina Sobir qizi...

Daromadi 100 million…

      Yer — inson hayotining eng muhim va bebaho...

Atletlar bir maydonda jam

Termiz shahrida o‘smirlar va kichik o‘smirlar o‘rtasida og‘ir atletika...
KunTun
KunTun