Shoxrux Davlatov xalqaro marafonda g‘olib…

Date:

“Yunon-Baqtriya” xalqaro xayriya marafoni doirasidagi yugurish musobaqasi o‘tkazilgani hali yodimizdan chiqib ulgurmadi. Unda epchilligi va uddaburonligi bilan Shoxrux Davlatov 1-o‘rinni qo‘lga kiritib, 1000 AQSH dollari bilan taqdirlangan edi.

Mard yengilganini tan oladi. Ba’zilar esa g‘olibga nisbatan shunchaki omadi chopganini piching qiladi. Yugurish ham ish bo‘libdimi, deydiganlar esa bir yugurib ko‘rsa, ayniqsa, bir musobaqalashsa, buning mashaqqatini shundan keyin anglashi aniq. Yugurishning ham o‘z texnikasi bor. To‘g‘ri nafas olish, kuchni to‘g‘ri taqsimlash… bu boradan yuguruvchi e’tiborga oladigan jihatlar esa shubhasiz muvaffaqiyatga yetaklaydi.
Sariosiyolik Yengil atletikachi Shoxrux Davlatov esa bu shunchaki omad emasligini, tinimsiz izlanish, mehnat va mashaqqatlar mevasi ekanini yana bir karra isbotladi. U Qozog‘iston Respublikasi Shimkent shahrida o‘tkazilgan Xalqaro marafonda ishtirok etdi. Belgilangan muddatdan oldin 42 kilometr masofani raqiblaridan oldin bosib o‘tib, finish chizig‘ini zabt etdi va yugurish bo‘yicha chempionlikni qo‘lga kiritdi. G‘oliblik diplomi, esdalik sovg‘alari hamda pul mukofotini qo‘lga kiritga champion yigit yorug‘ yuz bilan qaytadigan bo‘ldi.

S.Murodova

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Narkotik savdosining noqonuniy kanali fosh etildi

Davlat xavfsizlik xizmatining Surxondaryo viloyati bo‘yicha boshqarmasi xodimlari tomonidan...

Sifatsiz tovar va xizmatlar: huquqiy yechim qayerda?

Toshkent davlat tibbiyot universiteti Termiz filiali majlislar zalida «Yuksalish»...

Imkoniyatlar va muammolar o‘rganildi

Angor tumani hokimi Qosim Mardonov «Angor karvonsaroy» savdo kompleksida...

Bir bayroq — bir xalq, bir maqsad

Termiz tumani hokimligi tadbirlar maydonida O‘zbekiston Respublikasi Davlat bayrog‘i...
KunTun
KunTun