Bolalar yuqumli kasalliklar shifoxonasi foydalanishga topshirildi

Date:

Tibbiyot sohasida amalga oshirilayotgan islohotlar negizida, albatta, aholi salomatligini muhofaza qilish yotadi. Ayniqsa, yosh avlod sihat-salomatligi sog’lom kelajakning garovidir. Ayni maqsadni ko‘zlagan Prezident Sh.Mirziyoyev ham o‘tgan yili Surxondaryoga tashrifi davomida tibbiyot sohasida, xususan Termiz shahar bolalar yuqumli kasalliklar shifoxonasini rekonstruksiya qilish, zamonaviy talablar asosida jihozlash masalasida ma’sullarga topshiriq bergan edi. Shundan so‘ng, shifoxonaning rekonstruksiyasi uchun 17,1 milliard so‘mlik smeta xarajatlari loyihalashtirilib, qurilish-demontaj ishlari to‘liq bajarildi. Shifoxona 125 o‘ringa mo‘ljallangan bo‘lib, 100 o‘rni byudjet hisobidan, 25 o‘rni xo‘jalik hisobidan moliyalashtirildi. Moddiy-texnik imkoniyatlari yaxshilandi.

Ta’mirlashdan keyin, o‘ta xavfli yuqumli kasalliklarga chalingan bemorlarning davolanishi uchun boksli va yarim boksli xonalar tashkil etilib, barcha zarur sharoitlar yaratilgani aholi uchun qulaylik bo‘ldi. Shuningdek, 6 ta maxsus boks xonalar karantin kasalliklari uchun mo‘ljallangan, qolaversa, sanitariya talab me’yorlariga to‘liq javob beradi.

Qo‘shimcha 3 ta laboratoriya, oshxona va muolaja xonalari ham to‘liq ta’mirdan chiqarilgan ushbu shifoxonada 254 ta xodim va 17 ta bosh shifokor faoliyat yuritadi.
Mustaqilligimizning 31 yilligi bayram shukuhi kezayotgan vohada Termiz shahar bolalar yuqumli kasalliklar shifoxonasining tantanali ochilish marosimi quvonchli voqea bo‘ldi.

Marosimga ishtirok etganlar tantanali ravishda qizil lentalarni kesish jarayonini tomosha qilish bilan birga shifoxonada yaratilgan shart-sharoitlar, qulaylik va imkoniyatlari bilan to‘liq tanishdilar.

Sohibjamol

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

SHEROBODDA G‘O‘ZA OCHILDI

Paxtakorlar javlon urib mehnat qilishgan bo‘lsa, dalalarda g‘o‘zalarning qiyg‘os...

Oylik doirasida…

Onlayn savdo orqali pulini o‘tkazib berganingizdan so‘ng, xaridingizni yetib...

Hosilga hosil qo‘shadi

Angor tumanida 4734 gektar maydonga go‘za ekilgan bo‘lib, hozirgi...

Odamlar nima deydi?

Erta tongdan ishga otlanishimni kuzatadigan oyim doimo sinchkovlik bilan...
KunTun
KunTun