Tog‘li o‘shorliklarning orzusi ushaldi

Date:

Voha markazidan qariyb 200 kilometr olisda, baland tog‘lar qo‘ynida Denov tumanining so‘lim O‘shor qishlog‘i joylashgan. Bu manzilda ham hayot qaynaydi. Odamlar turmush tashvishlari bilan kun-u tun harakatda, tinimsiz mehnat bilan band. Qishloqdagi to‘rt mingga yaqin aholining yarmi esa yoshlar. O‘shorliklar ham o‘zlarida shahardagidek bo‘lmasa-da, har tugul kerakli shart-shaoit yaratilishini orzu qilishadi. Bundan uch yil avval viloyat hokimi To‘ra Bobolov ham ayni shu maqsadda, ularni eshitish, muammolarini hal qilib, o‘shorliklar bilan dildan suhbatlashish uchun O‘shor qishlog‘iga brogan edi. samimiy qishloq ahli esa tibbiyot muassasasi va maktabgacha ta’lim tashkiloti qurib berilishida amaliy yordam so‘ragan edi.

O‘tgan yili zamonaviy oilaviy shifokorlik punkti bunyod etilib, Zarur tibbiy asbob-uskuna va jihozlar bilan ta’minlangan holda foydalanishga topshirilgani o‘shorliklarni quvontirib, jonlariga ora kirgan bo‘lsa, ularning yana bir murojaati hal etilib, 120 o‘rinli 43-davlat maktabgacha ta’lim muassasasi tuhfa etilgani haqiqiy bayramga aylanib ketdi. Kelajak avlod taqdiri uchun muhim poydevor vazifasini o‘taydigan ushbu maskanda bolajonlar risoladagidek tarbiyalanishadi. Dunyoni anglab, boshlang‘ich ta’lim-tarbiyani olishadi.
Ikki qavatli maktabgacha ta’lim tashkilotini qurishga 4 milliard 714 million so‘m mablag‘ sarflanib, barcha zamonaviy sharoitlar yaratildi. Mebel va boshqa zarur jihozlar bilan jihozlandi. Va ushbu dargohda 18 nafar pedagog-tarbiyachi va boshqa xodimlar bandligi ta’minlandi.

Yangi maktabgacha ta’lim tashkilotining foydalanishga topshirilish jarayoniga qishloq nuroniylari, ota-onalar va bolajonlar ishtirok etdi.

Hilol

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Uzun tajribasi “Qushchilik” mahallasida

Hududlararo hamkorlik doirasida Uzun tumani mas’ullaridan iborat ishchi guruh...

Jasminadan oltin natija

Sherobod tumani sport maktabi tarbiyalanuvchisi Sadatova Jasmina Sobir qizi...

Daromadi 100 million…

      Yer — inson hayotining eng muhim va bebaho...

Atletlar bir maydonda jam

Termiz shahrida o‘smirlar va kichik o‘smirlar o‘rtasida og‘ir atletika...
KunTun
KunTun