Ertamizdan ko‘nglimiz to‘q

Date:

Abiturientlar uchun tobora hayajonli daqiqalar fursati yaqinlashayotir. Oliy ta’lim muassasalariga o‘qishga xujjat topshirib, imtihon boshlanadi. G‘alvir suvdan ko‘tarilib, tayyorgarlik, bilimlar sinovdan o‘tadigan davr. Ammo, jarqo‘rg‘onlik Asliddin Panjiyev bu hayajonni boshidan o‘tkazmaydigan bo‘ldi. Sababi Asliddin Samarqand viloyatida fan olimpiadasining Respublika bosqichida munosib ishtirok etib, 1-o‘rinni qo‘lga kiritdi. Bu bilan oliy ta’lim muassasasiga imtiyozli o‘qishga kirish imkoniyatini qo‘lga kiritdi.

Aytish kerakki, mazkur fan olimpiadasining respublika bosqichida respublikamizning 14 hududidan 195 nafar 11-sinf o‘quvchilari tarix, geografiya, ona tili, adabiyot, tojik va o‘zbek tili fanlaridan bellashishdi. Unda 5 ta 1-, 2-, 3-o‘rin sohiblariga diplom hamda pul mukofotlari topshirildi.
Ha, ertamiz egalari ana shunday bilimli, iqtidorli va o‘z oldiga qo‘ygan maqsadlariga yetmasa izlanishdan, o‘qib-o‘rganishdan to‘xtamaydigan yoshlar ekan, ertamizdan ko‘nglimiz to‘q.

S.Murodova

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Uzun tajribasi “Qushchilik” mahallasida

Hududlararo hamkorlik doirasida Uzun tumani mas’ullaridan iborat ishchi guruh...

Jasminadan oltin natija

Sherobod tumani sport maktabi tarbiyalanuvchisi Sadatova Jasmina Sobir qizi...

Daromadi 100 million…

      Yer — inson hayotining eng muhim va bebaho...

Atletlar bir maydonda jam

Termiz shahrida o‘smirlar va kichik o‘smirlar o‘rtasida og‘ir atletika...
KunTun
KunTun