“Dekalb” ekish tasdiqlandi

Date:

Jarqo‘rg‘on tumanida kam ta’minlangan  ehtiyojmand aholi daromadlarini oshirish, kambag‘allikdan chiqarish hamda turmush darajasini yaxshilash maqsadida tumandagi 152 ta fermer xo‘jaligida g‘alladan bo‘shagan maydonlarda hosildor va ertapishar makkajo‘xorining “Dekalb” navini ekish uchun jami 3 856 nafar fuqarolarga jami 950 gektar maydon ajratilishi rejalashtirildi hamda Xalq deputatlari tuman Kengashi sessiyasida tasdiqlandi.

Tumandagi ehtiyojmand oilalar daromadini oshirish maqsadida ushbu ishlar Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish kompleksi tomonidan boshlab yuborildi.

Ijtimoiy ko‘makka muhtoj aholini daromad manbayiga ega bo‘lsin, o‘zini eplasin, ro‘zg‘orini butlash yo‘lida peshonadan ter to‘kib mehnat qilsin, natijada esa aholi amaliy ishlar natijasida kambag‘allikdan qutilsin, qabilida amalga oshirilayotgan sa’yi-harakat kelgusida meva bersa, belgilangan maydonlardan yuqori hosil olinsa, 3 856 nafar fuqaroning ko‘ngli shod, turmushi obod bo‘ladi, albatta.

A.Safarova

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

9 oylik faoliyat sarhisob qilindi

Surxondaryo viloyati sudida 2026-yilning yanvar–sentyabr oylarida odil sudlovni ta’minlash,...

Maktab sig‘imi 660 o‘ringa kengaydi

Ta’lim muassasalarida o‘quv o‘rinlarini ko‘paytirish va zamonaviy sharoitlarni yaratish...

Bola rivojida o‘yinning kuchi

Bolaning har tomonlama rivojlanishida o‘yin faoliyati muhim o‘rin tutadi....

Noyob ko‘rshapalak qayd etildi

Tabiatda kam uchraydigan va hali yetarlicha o‘rganilmagan jonivorlarni aniqlash...
KunTun
KunTun