“Insoniylikni anglash, ijodkor qalbini tushunish uchun ham Usmon Nosirni o‘qish kerak”

Date:

Dunyo adabiyoti tarixida shunday shoirlar o‘tganki, ularning umri va ijodi xuddi qorong‘i osmonni birdan yoritib yuborgan chaqmoqqa o‘xshaydi. Bilsangiz, bir lahzada chaqnab o‘tib ketadigan chaqmoq (chaqmoqda) ko‘plab elektrostansiyalar yillar davomida ishlab chiqaradigan (quvvat bo‘ladi) quvvatni o‘zida mujassam etadi. Rus shoiri M. Lermontov, tatar ijodkori Abdulla To‘qay, o‘zbek adabiyotining favqulodda iste’dodli namoyandasi Usmon Nosir mana shunday yorqin siymolardandir. Garchi juda kam umr ko‘rgan bo‘lsalar-da, ular yozib qoldirgan asarlarning ahamiyati asrlarga tatigulikdir.

Usmon Nosir bor-yo‘g‘i 32 yil yashagan bo‘lsa, shuning 6-7 yilidagina erkin ijod qilish imkoniyatiga ega bo‘ldi. Shoir she’rlari uyg‘oqlikka chorlaydi. Uyg‘oq bo‘lganda ham qalb uyg‘oqligiga. U bolalik zavqi bilan baland pardalarda kuylaydi va o‘quvchisiga ham she’rlari orqali shu hisni yuqtiradi. Ko‘ngli tinchlikni qumsaydi va undan taskin topishini misralarida aytadi. Bu misralarning har so‘zi marjondek terilganki, o‘qib bir olam ma’no tuyadi kishi. Shoirning hayot yo‘lidan, she’riyatidan yoshlarning o‘rganadigani, his etadigan tuyg‘ulari ko‘p.

Chin insoniylikni anglash, ijodkor qalbini tushunish uchun ham Usmon Nosirni o‘qish kerak. Iste’dodli shoir ijodini o‘rganishni targ‘ib qilish maqsadida Termiz shahridagi 16-sonli IDUMda Usmon Nosir hayoti va ijodiga bag‘ishlangan ma’naviy-ma’rifiy tadbir bo‘lib o‘tdi. O‘zbek adabiyotining yorqin va zabardast shoirlaridan biri, shubhasiz, Usmon Nosirdir. Tadbirda so‘z olganlar shoirning o‘zbek she’riyatiga qoldirgan ulkan merosi haqida fikr-mulohazalarini bildirib o‘tdi.
Tadbir davomida ishtirokchi o‘quvchilar tomonidan Usmon Nosirning hayoti va ijodiga bag‘ishlangan she’rlar, ushula, raqs va sahna ko‘rinishlarini namoyish etildi.

Zulfiya Soipova,
Termiz shahridagi 16-sonli IDUMning

ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha

director o‘rinbosari

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Bayram tantanasidan unutilmas lahzalargacha…

Vatanimiz mustaqilligining 35 yilligi munosabati bilan Sherobod tumanida bayram...

“Milliy brend”ning yangi manzili — Uzun

O‘zbekiston Respublikasi mustaqilligining 35 yilligi arafasida hududlarda yangi ishlab...

Istiqlol — muqaddas qadriyat

O‘zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining 35 yilligi munosabati bilan Surxondaryo...

Yoshlar yorug‘ va shinam sinfxonalarda o‘qiydi

Bandixon tumanida yosh avlod uchun zamonaviy ta’lim sharoitlarini yaratishga...
KunTun
KunTun