“Boysun bahori” jahon OAVlari nigohida

Date:

“Boysun bahori” festivalini nafaqat respublikada, balki butun dunyoda qadrlashadi, unda ishtirok etishga oshiqishadi. Xalqaro sayohatchilar va Sharq etnik madaniyatining ixlosmandlarining uzoq kutilgan va qiziqarli tasavvurlari bo‘lgan “Boysun bahori” xalqaro festivali uzoq muddatli Covid cheklovi tanaffusidan so‘ng joriy yilning 6-8-may kunlari o‘tkazilishi belgilandi.

O‘zbekistonda sayyohlik mavsumining katta ko‘lamda boshlanishi kutilmoqda. O‘z navbatida faqatgina folklor jamoalar emas, xorijiy sayyohlar ham festival bahonasida Surxon tomonlarga oshiqadi.

Ushbu noyob festivalga bir qator xalqaro ommaviy axborot vositalari allaqachon qiziqish bildira boshlagan, ular orasida Sada al-Bilad (Misr), Iqtisodiy hamkorlik tashkiloti (IHT), Madaniyat institutining elektron portali (shtab-kvartirasi Tehron, Eron), “Fars News Agency” (Eron) axborot agentligi va Xitoy (XXR) axborot-tahliliy nashri ham bor.

2022-yil 5-aprelda Misr nashri “Sada al-Bilad” tomonidan chop etilgan materialda aytilishicha, O‘zbekistonda faoliyat yuritayotgan folklor jamoalari an’anaviy festivalda 200 dan ortiq vakillari ishtirok etib, o‘z hududiga xos liboslar, qo‘shiq va folklor an’analarini namoyish etishadi va viloyatda ushbu festivalga qizg‘in hozirlik ko‘rilmoqda.

Darhaqiqat, janub gavharining ko‘zgusi hisoblanmish “Boysun bahori”ga bildirilayotgan qiziqish, milliy qadriyat va madaniyatimizga oshno tutinish ilinjida tashrif buyurajak sayyohlarning e’tirofi kishida quvonch hissini mavjlantiradi. Dunyoga bo‘y ko‘rsatayotgan qadim qadriyatlarimiz nafaqat udum va an’analarimizda, balki o‘zligimizda ham aks etsa, maqsadga muvofiq nazarimda. Yevropadan Sharq hidi kelmaganidek, Sharqdan ham Yevropani yasashga urinmaylik, aksincha, borligimizcha milliy madaniyatimizni jahonga olib chiqaylik. Bunda “Boysun bahori”ning o‘rni beqiyos.  

Haqgo‘y

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

“Sen iste’dodlisan”

Surxondaryo viloyatining barcha tuman va shaharlarida ayni kunlarda “Sen...

Behbudiy asarlari turk tilida

Anqara shahrida “Mahmudxo‘ja Behbudiy va Turkiston jadidlik harakati” mavzusida...

Bitiruvchilardan qimmatli sovg‘a

Yoshlar ma’naviyatini yuksaltirish, ularning mutolaa madaniyatini shakllantirish va kitobxonlikni...

Taklifi qo‘llab-quvvatlanadi

Yuqori sinf o‘quvchilari o‘zi o‘qiydigan maktabga kerakli shart-sharoitlarni o‘z...
KunTun
KunTun