Shahar va tuman hokimliklarining faol axborot xizmati rahbarlari eʼtirof etildi

Date:

Bugungi kunda shiddat bilan rivojlanib borayotgan axborot asrida yangiliklarni keng auditoriyaga tezkorlik, xolislik va aniqlik bilan yetkazib berishda axborot xizmatining faoliyati alohida oʼrin tutadi.

Yurtimizda yuz berayotgan oʼzgarishlar, viloyatda amalga oshirilayotgan keng koʼlamli islohotlarning tub mazmun-mohiyatini keng jamoatchilikka yetkazishdagi faolligi hamda hayotning qaynoq nuqtalarida turib, muayyan voqelikka oʼz vaqtida bildirayotgan xolis va tezkor munosabati, xalqimizning mamlakat taraqqiyotiga daxldorlik hissini yanada oshirishga qoʼshayotgan hissasi uchun bir guruh faol shahar va tuman hokimliklarining axborot xizmati rahbarlari taqdirlandilar.

Ularga viloyat hokimining faxriy yorliq va esdalik sovgʼalarini viloyat hokimining birinchi oʼrinbosari Fayzulla Mamanov topshirdi.

Tadbirda sohani yanada rivojlantirish maqsadida yangi gʼoya va takliflar oʼrtaga tashlandi.

Shuningdek, mazkur tashabbusni davom ettirish maqsadida viloyatimizdagi faol jurnalist va blogerlarni Matbuot va ommaviy axborot vositalari xodimlari kunida ragʼbatlantirishga kelishib olindi.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

O‘quvchi iqtidorini kashf etishda yangi yondashuvlar

Yoshlarning qiziqishi va iqtidorini aniqlash, tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash hamda zamonaviy...

Sherobodda 7 ta maktab foydalanishga topshirildi

Mustaqilligimizning 35 yilligi arafasida Sherobod tumanida ta’lim infratuzilmasini rivojlantirish...

Yoshlarning texnik salohiyati namoyish etildi

Yoshlarni zamonaviy texnologiyalar olamiga keng jalb etish, muhandislik va...

Mustaqillikning 35 yilligiga munosib tuhfa

Mustaqilligimizning 35 yillik bayrami arafasida Qiziriq tumanida yosh avlod...
KunTun
KunTun