Surxondaryoda 622 nafar bolajonlarga “Prezident sovgʼasi” topshirilmoqda

Date:

Ushbu kontent faqat obunachilar uchun

Iltimos, ushbu kontentni ochish uchun obuna bo'ling. Kirish uchun elektron pochtangizni kiriting.
Sizning elektron pochta manzilingiz spamdan 100% xavfsiz!

Bugun yurtimizning barcha hududlarida boʼlgani kabi viloyatimiz shahar va tumanlarida ham “Prezident archasi” teatrlashtirilgan bayram tomoshalari boshlandi.

Xususan, Termiz shahridagi “Grand Almaz” tantanalar saroyida oʼtkazilgan bayram tadbiri shukuhli va esda qolarli voqealarga boy boʼldi. Unda Oilaviy bolalar uyi tarbiyalanuvchilari, ota-ona qarovisiz qolgan hamda Vatanimiz tinchligi va xavfsizligi yoʼlida qurbon boʼlgan yurtdoshlarimizning farzandlari ishtirok etdi.

Tadbirda soʼzga chiqqan Surxondaryo viloyati hokimi Toʼra Bobolov bolajonlarni Yurtboshimiz nomidan Yangi yil bayrami bilan tabriklab, kichkintoylarga shirinliklar, oʼquv qurollari, bolalar entsiklopediyasi hamda jihozlar kiritilgan “Prezident sovgʼasi”ni topshirdi.

Viloyatda Mehribonlik va Oilaviy bolalar uyi tarbiyalanuvchilari, Vatan sarhadlarini himoya qilishda jonini fido qilgan yurtdoshlarimiz hamda boquvchisini yoʼqotgan oilalarning 3 yoshdan 15 yoshgacha boʼlgan 622 nafar farzandlariga viloyat hokimligi, tuman hokimliklari, xalq taʼlimi boshqarmasi hamda keng jamoatchilik vakillari ishtirokida “Prezident sovgʼasi” topshirilmoqda.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

“Og‘ir mahalla”da holat qanday?

Sariosiyo tumanidagi “Kelajak sari” MFYda “Og‘ir mahalla” dasturi doirasida...

Banan yetishtirishda yangicha yondashuv

Surxondaryoning issiq iqlimi qishloq xo‘jaligida yangi yo‘nalishlarni rivojlantirish uchun...

Uch avlod — bir maktab, bir maqsad

Termiz shahridagi 26-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabida tajriba, bugungi...

Aktivlarga yo‘l yengillashmoqda

Tadbirkorlar uchun davlat aktivlari va yer uchastkalarini xususiylashtirishda yangi...
KunTun
KunTun