Ko‘zni chiqmasidan qo‘ri

Date:

Fuqarolarning hayoti va salomatligini muhofaza qilish, jamiyatda xavfsizlik madaniyatini shakllantirish davlat siyosatining muhim yo‘nalishlaridan biridir. Ayniqsa, yozning issiq kunlaridan kuz-qish mavsumiga o‘tish davrida yong‘in, suvda cho‘kish, gaz va elektr jihozlaridan noto‘g‘ri foydalanish bilan bog‘liq xavflarning oldini olish dolzarb ahamiyat kasb etadi. Shu maqsadda mamlakatimizda 5-iyuldan 5-sentyabrgacha “Dolzarb 60 kun” profilaktik va targ‘ibot-tashviqot tadbiri o‘tkazilmoqda. Tadbir doirasida xonadonlar, ijtimoiy obyektlar va korxonalarda manzilli profilaktika ishlari olib borilib, nosoz elektr tarmoqlari, gaz va isitish moslamalari aniqlanmoqda. Fuqarolarga ularni xavfsiz ishlatish hamda aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish bo‘yicha tushuntirishlar berilayotir.
Suvda cho‘kish holatlarining oldini
olish uchun xavfli va ruxsat etilmagan suv havzalarida nazorat kuchaytirilib, fuqarolarga cho‘milish qoidalari tushun-tirilmoqda. Kuz-qish mavsumiga tayyor-garlik doirasida esa mo‘ri va dudburonlarni tozalash, isitish moslamalarining sozligini tekshirish orqali yong‘in va is gazidan zaharlanishning oldini olishga alohida e’tibor qaratilmoqda. Shuningdek, korxona va tashkilotlarda evakuatsiya hamda yong‘inni o‘chirish bo‘yicha amaliy mashg‘ulotlar o‘tkazilib, OAV va ijtimoiy tarmoqlar orqali xavfsizlik qoidalariga oid targ‘ibot materiallari tarqatilmoqda.
“Dolzarb 60 kun”ning asosiy maqsadi — xavfni sodir bo‘lgandan keyin bartaraf etish emas, balki uni oldindan aniqlash va oldini olishdir. Zero, xavfsizlik faqatgina mas’ullarning emas, har bir fuqaroning mas’uliyatidir. Ehtiyot choralariga rioya qilish esa inson hayoti va salomatligini asrashning eng ishonchli yo‘lidir.

Murod Daminov,
Termiz shahar FVP FVPB inspektori, leytenant

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Asadbek boʻsh kelmadi

Toshkent shahrida dzyudo boʻyicha oʻtkazilgan xalqaro turnirda Termiz davlat...

TerDUda amerikalik mutaxassis ish boshladi

AQSh Elchixonasi huzuridagi Mintaqaviy ingliz tili bo‘limi (RELO) vakillari...

Sinovlar boshlandi

Termiz davlat universitetida 2026/2027-oʻquv yili uchun bakalavriat va magistratura...

Qumqo‘rg‘onda yangi mini-stadion ochildi

Qumqo‘rg‘on tumanining Bobolochin mahallasida yoshlar va aholi uchun mo‘ljallangan...
KunTun
KunTun