Rag‘bat yuqori natijaga undaydi

Date:

Jarqo‘rg‘on tumanida 11 ta hudud mavjud bo‘lib, shundan qishloq xo‘jaligi mahsulotlari yetishtirish bo‘yicha eng namunali “Loyqand chinori” hududidir. Sababi, dehqonchilik sohasida o‘z bilim va tajribaga ega hudud rahbari Ulug‘bek Supiyev hamda 14 ta fermer xo‘jaliklari raislari kecha-yu kunduz dalada, ekin-tikin ishlari bilan band.
Xolbuki, ayni paytda 423 gektar maydonda paxta urug‘i qadalgan bo‘lib, dalada ishlar ham avj pallada. Dala mehnatkashlari g‘ayrat va shijoat ila mo‘l hosil olish uchun tinim bilishmayotir. Bunday mehnat va harakatlar esa e’tirof va rag‘batga munosib. Ayni jihatlarni inobatga olgan Elmurod Avazov hamda Surxondaryo viloyati rahbari “Loyqand chinori” hududining bir guruh mehnatkashlarini qishloq xo‘jaligi sohasida erishgan ilg‘or natijalari uchun munosib taqdirladilar va kerakli anjomlar topshirildi. Bunday e’tibor va e’tirof soha mehnatkashlarini yanada yuqori natijalarga erishishga, sidqidildan mehnat qilishga undashiga shubha yo‘q.

H.Kamolova

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Surxondaryo suv ta’minoti yangi binoga ega bo‘ldi

Mustaqillikning 35 yilligi munosabati bilan “Surxondaryo suv ta’minoti” AJning...

“Yil o‘qituvchisi” tanlovi g‘oliblari aniqlandi

Pedagoglar o‘rtasida ilk bor o‘tkazilgan “Yil o‘qituvchisi” tanlovining tuman...

MUSTAHKAM OILA — YURT TAYANCHI

​Oila — har bir jamiyatning asosiy bo‘g‘ini, milliy qadriyatlar,...

Tarixga sayohat — Vatan himoyachilari nigohida

Surxondaryodagi harbiy qismlardan birida muddatli harbiy xizmatchilar ishtirokida “Tarixga...
KunTun
KunTun