Milliy musiqamiz jahon sahnasida

Date:

Jahon sahnasida ijro tiladigan kuy-qo‘shiq va ijrolarni tinglab turib, ba’zilari manzur bo‘ladi, ba’zilari esa barchaning ko‘nglidan joy olib, tomoshabinlar mehrini qozonadi. Bunda albatta, iste’dod va mahorat muvaffaqiyatga eltuvchi kuch vazifasini o‘taydi. Ispaniya davlatining Loret de Mar shahrida bo‘lib o‘tgan “Sea Sun Festival” xalqaro tanlovi ham ana shunday iqtidorlarni kashf eta oldi.
20 ga yaqin davlat vakillari ishtirok etgan mazkur tanlovda O‘zbekistonning chekka tog‘li Sherobod tumanidan 8-sonli Bolalar musiqa va san’at maktabi dutor sinfi o‘quvchisi Charos Absoatova ham ishtirok etdi. Charos dutorining torini shunday chertdiki, tomoshabinlar dutordan chiqqan ohangga mast bo‘ldi, jon quloqlari bilan tingladilar. E’tiborli jihati shuki, Charosning chiqishi hakamlar hay’atiga ham manzur bo‘ldi va birinchi o‘ringa munosib ko‘rildi.
Shu tariqa Charos Absoatova tashkilotchilarning esdalik sovg‘alari hamda oltin medal mukofotini qo‘lga kiritib, milliy san’atimiz va madaniyatimizni muvaffaqiyatli tarzda namoyish etdi.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

100 NAFAR FARZANDGA BAYRAM TUHFASI

Mustaqilligimizning 35 yilligi oldidan Termiz shahrida ijtimoiy ko‘makka muhtoj...

Moda yoʻlida dadil qadam

Samarqand viloyati Yoshlar markazida Buxoro, Navoiy, Samarqand, Jizzax, Qashqadaryo...

MEHNAT VA TASHABBUS E’TIROFI

O‘zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining 35 yilligi munosabati bilan el-yurt...

Kampirtepada turizm infratuzilmasi yaxshilanmoqda

Muzrabot tumani hokimi Abdulla Mamatqulov “Oks Aleksandriyasi” (Kampirtepa) arxeologiya...
KunTun
KunTun