Tayyorgarlik avjida

Date:

O‘quvchi-yoshlar uchun yozgi ta’til ayni dam olish vaqti bo‘lsa, maktablarda esa yangi o‘quv yiliga tayyorgarlik davri boshlab yuborilgan. Maktab direktorlari boshliq pedagoglar jamoasi maktablar, sinfxonalarni ta’mirlab, kerakli jihozlar bilan jihozlayotgan bo‘lishsa, boshqa tomondan o‘quvchilarga puxta bilim, ta’lim-tarbiya berish borasida ham hozirlik ko‘rishyapti.
Qumqo‘rg‘on tumanidagi umumta’lim maktablarida ham 2023-2024-o‘quv yili uchun tayyorgarlik jarayonlari, 1-sinf o‘quvchilarini maktabga tayyorlash borasida qanday ishlar olib borilayotganligini bilish maqsadida tumandagi 24-sonli umumta’lim maktabida amaliy seminar bo‘lib o‘tdi. Unda tuman maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limi boshlig‘i, maktab hamda maktabgacha ta’lim direktorlari ishtirok etdi. Aytsh kerakki, seminardan ko‘zlangan asosiy maqsad tumandagi barcha umumta’lim maktablarida 1-sinf o‘quvchilarini maktabga tayyorlash va ularning bilimlarni oshirishdir.

Oldingi sahifaMaqsad
Keyingi sahifaLimonchilik istiqboli yo‘lida…

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Tarixga sayohat — Vatan himoyachilari nigohida

Surxondaryodagi harbiy qismlardan birida muddatli harbiy xizmatchilar ishtirokida “Tarixga...

Yoshlar oilaviy hayotga tayyorlanmoqda

Qumqo‘rg‘on tumanidagi Oila maskanida nikohlanuvchi yoshlar uchun oilaviy hayotga...

Ilg‘orlar rag‘batlantirildi

Muzrabot tumani hokimi Abdulla Mamatqulov va tuman IIB boshlig‘i...

Sogʻlom ruhiy muhit — harbiy intizom va jangovar shaylik poydevori

​Mamlakatimiz xavfsizligi va sarhadlarimiz daxlsizligini taʼminlashda harbiy xizmatchilarning jismoniy...
KunTun
KunTun