Maqsad

Date:

Uch kishi tosh tashiyotgan edi. Ularning biridan so‘rashdi:
— Umuman olganda, bu yerda nima qilayapsan?
U peshonasidagi terni artib tashladi-da, javob berdi:
— Mana shu mehnatim tufayli qaddim bukilib, og‘ir kunlarga qolib ketdim.
Ikkinchisining oldiga borib undan so‘rashdi:
— Sen nima qilayapsan?
U yenglarini shimardi-da, tumshug‘ini ko‘tarib, g‘urur ila javob berdi:
— Pul ishlayapman. Bu yerda boshqa nima ham qilardim?
Keyin uchinchi kishidan so‘radilar:
— Sen nima ish qilayapsan?
U jilmaydi-da, javob berdi:
— Ibodatxona qurayapman.
Qissadan hissa: Qachonki oldinga oliy maqsad qo‘yarkansan, har qanday vaziyatda ham yashayotgan umringda ma’no bo‘ladi.

Oldingi sahifaYana 20 ming gektar…
Keyingi sahifaTayyorgarlik avjida

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Surxonning betakror manzillari jurnalistlar nigohida

Turizm qo‘mitasi tomonidan Surxondaryo viloyatining turizm salohiyatini keng targ‘ib...

Maktablarda “FAST – superqahramonlar” ta’lim dasturi joriy etiladi

Yurtimizda ilk bor qabul qilingan Infarkt va insultga qarshi...

Tibbiy xizmat yaxshilanadi

Muzrabot tumanidagi Chegarachi mahallasida “Tashabbusli byudjet” dasturining birinchi mavsumi...

Xavfsizlik choralari kuchaytirildi

Surxondaryo viloyati IIB huzuridagi Qo‘riqlash xizmatida kuz-qish mavsumini xavfsiz...
KunTun
KunTun