Yana 20 ming gektar…

Date:

Surxondaryo viloyatida o‘zlashtirilmagan yer maydonlari yastanib yotibdi. Maqsad esa ushbu yerlashni o‘zlashtirish, ekin-tikin qilishga tayyorlash, obihayot tortib kelish. Prezidentimiz topshirig‘iga asosan Qumqo‘rg‘on va Jarqo‘rg‘on tumanlarida 20 ming gektar maydonni o‘zlashtirish va kartoshkachilikni yo‘lga qo‘yish loyihasi amalga oshirilmoqda.
“Pomir Agroklaster” MChJ tomonidan esa o‘zlashtirilayotgan maydonlarni sug‘orish uchun “Oqtepa” suv omboridan quvurlar tortilmoqda. Loyihaga ko‘ra 18 kilometr metall, 8 kilometr plastik quvurlar tortish rejalashtirilgan. Ayni paytga qadar 2 kilometr metall quvurlar tortib bo‘lingan. O‘zlashtirilayotgan maydonlarning 7 ming gektari shudgorlangan, 5 ming gektari esa ekin ekishga tayyor.
Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimov Jarqo‘rg‘on tumanida bo‘lib, mazkur loyiha doirasida amalga oshirilayotgan ishlar bilan tanishdi. Loyiha doirasida belgilangan ishlarni kartoshka ekish mavsumiga qadar yakunlab, urug‘larning o‘z vaqtida yerga qadash, loyihani bosqichma-bosqich to‘liq ishga tushirish bo‘yicha mas’ullarga yangi vazifalarni belgilab berdi. Shuningdek, shu yerning o‘zida “Pomir Agroklaster” MChJning “Oqtepa” suv omborida baliqchilikni tashkil etish loyihasi ham muhokama qilindi va bu bo‘yicha tegishli tavsiya hamda ko‘rsatmalar berildi.

Oldingi sahifaSanoat ko‘miri qazib olinmoqda
Keyingi sahifaMaqsad

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Javobgarlik kuchaytirildi

Mamlakatimizda energiya resurslaridan oqilona foydalanish va tarmoqlardan noqonuniy foydalanish...

Vatan himoyasi – yigitlik burchi

Termiz shahridagi “Vatanparvarlar bog‘i”da muddatli harbiy xizmatga jo‘nab ketayotgan...

Xidirsho kanali ta’mirlanmoqda

Oltinsoy tumanida joylashgan Xidirsho kanalidagi sel tashlama gidrotexnik inshootlarini...

Profilaktik tadbirlar kuchaytirilmoqda

 “Favqulodda vaziyatlardan muhofaza qilish va fuqaro muhofazasi oyligi” doirasida...
KunTun
KunTun