MA’NAVIYAT FIDOYISI TAQDIRLANDI

Date:

Ramazon Ashurov ism-sharifi qulog‘iga chalingan adabiyot, ijod ixlosmandlari borki, bu nomni yaxshi taniydi. Sababi Ramazon Ashurov muallifligi ostida e’lon qilingan hikoya va maqolalarni, esselarni o‘qishgani aniq. Jurnalistika, ma’naviyat sohasida mehnat qilib, qalam tebratgan bu inson o‘z uslubi, o‘z yo‘li va so‘ziga ega ijodkor. Yozganlarida esa jamiyatning og‘riqlari, haqiqatlari fosh etiladiki, bu o‘quvchining e’tiborini tortmay qo‘ymaydi.


Ana shu mehnat, ijodiy yuksalish esa e’tirof va e’tiborga munosib. Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimovning topshirig‘i yuzasidan Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi Surxodaryo viloyat bo‘limi tomonidan Surxon vohasida ma’naviy-ma’rifiy sohada samarali faoliyat yuritgan Ramazon Ashurov munosib taqdirlandi.
Tadbirda Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi Surxodaryo viloyat bo‘limi mutaxassislari va tuman (shahar) bo‘linma rahbarlari hamda mutaxassislari ishtirok etdi. So‘z olganlar Ramazon Ashurovning ma’naviy-ma’rifiy sohadagi uzoq yillik samarali mehnati, inosoniylik fazilatlari va shogirdlariga bergan o‘gitlari, pand-nasihatlari haqida iliq fikrlar bildirishdi.

H.Baxtiyorova

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Oltinsoyni yayov kezganda…

Oltinsoy tumanidagi 1-son texnikumida sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish,...

Hashar birlikka chorlar

Termiz shahri bo‘ylab barcha mahallalarda umumxalq xayriya hasharlari uyushqoqlik...

Surxondaryoda sport rivojlantiriladi

Surxondaryo viloyat sport boshqarmasi boshlig’i Ravshanbek Maxmudov Fransiyaning “Group...

Hamkorlik yangi bosqichda

Dushanbe shahrida o‘tkazilgan O‘zbekiston va Tojikiston oliy ta’lim muassasalari...
KunTun
KunTun