Talabalar o‘g‘irlik qildi

Date:

Ishsiz yoki bekorchi insonning o‘g‘irlikka qo‘l urgani haqida eshitsangiz, hayron qolmaysiz. Ammo, talaba talonchilik qilsachi? E o‘qib uqmagan deya uning sha’niga “shirin” so‘zlaringizni yog‘dira boshlashingiz aniq. To‘g‘ri-da, munosib ta’lim-tarbiya olib-da, manfaat va nafsini jilovlay olmagan, bu qilmishi bilan yuzini qora qilib, jamiyat oldida uyatda qolgan haqida yana nima deyish mumkin.
Termiz shahrida yashovchi shaxs IIBga qo‘ng‘iroq qilib, bank plastik kartasidan 75 million so‘m yo‘qolganini ma’lum qilganida Surxondaryo viloyati IIB Tezkor-qidiruv xizmati Kiberxavfsizlik bo‘limi surishtiruv olib borganida ushbu mablag‘larni o‘g‘irlaganlar ayni talabalar bo‘lib chiqdi.
Ayni paytda ular qo‘lga olinib, ularning har ikkisiga nisbatan sud tomonidan ozodlikdan mahrum etish jazosi tayinlandi.

H.Kamolova

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Narkotik savdosining noqonuniy kanali fosh etildi

Davlat xavfsizlik xizmatining Surxondaryo viloyati bo‘yicha boshqarmasi xodimlari tomonidan...

Sifatsiz tovar va xizmatlar: huquqiy yechim qayerda?

Toshkent davlat tibbiyot universiteti Termiz filiali majlislar zalida «Yuksalish»...

Imkoniyatlar va muammolar o‘rganildi

Angor tumani hokimi Qosim Mardonov «Angor karvonsaroy» savdo kompleksida...

Bir bayroq — bir xalq, bir maqsad

Termiz tumani hokimligi tadbirlar maydonida O‘zbekiston Respublikasi Davlat bayrog‘i...
KunTun
KunTun