Sel kelib, dovon yo‘li yopilib qoldi

Date:

O‘t balosidan, suv balosidan asrasin, deyishadi dono xalqimiz. Haqiqatan ham, tabiiy ofatlar vaqt, fursat tanlamaydi. Bu esa insonlar joniga ham xavf solishi hech gap emas. Sariosiyo tumanining tog‘li hududida qisqa muddatli kuchli yomg‘ir yog‘ishi sababli sel oqimlari kelishi hodisasi kuzatildi.
Oqibatda esa tumanning Xo‘jaasmin va Chosh aholi yashash punktlarini bog‘lovchi tog‘li dovon avtomobil yo‘liga katta xarsang toshlar va loyqalar tushib, dovon yo‘li yopilib qoldi. Muammoni bartaraf etish va harakatsiz qolib ketgan 3 ta yengil “UAZ” rusumli avtomobil va 8 nafar fuqaroni qutqarish maqsadida hodisa joyiga zudlik bilan viloyat Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi va uning hududiy bo‘limi xodimlari yetib bordi.
Mas’ullar hamkorligida maxsus texnikalar yordamida dovon avtomobil yo‘li katta xarsang tosh hamda loyqalardan tozalandi. Qisqa fursatda avtomobil qatnovi yo‘lga qo‘yilib, 8 nafar fuqaroga amaliy yordam ko‘rsatildi. Aytish kerakki, hodisa oqibatida tan jarohati olgan va halok bo‘lganlar yo‘q.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Narkotik savdosining noqonuniy kanali fosh etildi

Davlat xavfsizlik xizmatining Surxondaryo viloyati bo‘yicha boshqarmasi xodimlari tomonidan...

Sifatsiz tovar va xizmatlar: huquqiy yechim qayerda?

Toshkent davlat tibbiyot universiteti Termiz filiali majlislar zalida «Yuksalish»...

Imkoniyatlar va muammolar o‘rganildi

Angor tumani hokimi Qosim Mardonov «Angor karvonsaroy» savdo kompleksida...

Bir bayroq — bir xalq, bir maqsad

Termiz tumani hokimligi tadbirlar maydonida O‘zbekiston Respublikasi Davlat bayrog‘i...
KunTun
KunTun