“Ko‘klam” endi ko‘rkam ko‘cha

Date:

Uyimizda barcha shart-sharoit bo‘lsa, nur ustiga nur. Ammo, gaz ta’minotida, suv yoki elektr energiyasidagi muammo bo‘ladigan bo‘lsa, turgan gapki, kishi ko‘nglini xira qilmay qolmaydi. Bu bir kishining emas, ayniqsa, ko‘pning muammosi bo‘lsa bormi, uni hal etmaslikning iloji yo‘q. Xuddi shunday Angor tumanining “Sharq guli” mahallasida yashovchi 76 ta xo‘jalikning oqova suv muammosi bir necha yillardan buyon mavjud. Ushbu muammo bo‘yicha fuqarolar tuman hokimligiga murojaat qilishdi. Ularning murojaatlari mas’ullar tomonidan o‘rganib chiqildi va ijobiy hal etildi.
Qolaversa, tuman hokimi Qosim Mardonovning nazorati ostida yangi nasos ham o‘rnatildi. Bu ishlarga mahalla ahli ham tomoshabin bo‘lib turmadi, balki birdamlikda ushbu nasosni ishga tushirdilar.
– Sharq guli mahallasining “Ko‘klam” ko‘chasida yashaymiz, — deydi Norto‘ra Norboyev. — Oqova suv muammosi sababli tomorqamizda dehqonchilik qilolmasdik. Ekkan poliz mahsulotlarimiz ham nobud bo‘lardi. Daraxtlarimiz qurib qolmasligi uchun suv sotib olib sug‘orardik. Bunga kimningdir imkoniyati yetsa, yana kimningdir imkoniyati yetmasdi. Bugun muammomiz o‘z yechimini topdi. Endi tomorqalarda dehqonchilik qilib ro‘zg‘orimizga qo‘shimcha daromad olib kelish imkoniyatiga egamiz.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

HOSIL MO‘L BO‘LSIN DESANGIZ…

Qishloq xo‘jaligi ekinlarining hosildorligini oshirishda o‘tin va ko‘mir kulining...

Ijara tizimida moliyaviy rag‘bat

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “2025-yil uchun xususiylashtirish dasturi to‘g‘risida”gi Farmoni...

Taraqqiyot va adolat poydevori

Yangi O‘zbekiston taraqqiyot bosqichida bosh mezon bitta: xalq manfaatlari...

Qutlug‘ ayyom 10 kun davom etadi

Surxondaryo zaminida bahorning ilk nafasi sezilishi bilan ko‘ngillarda o‘zgacha...
KunTun
KunTun