Mehnati e’tirof etildi

Date:

Yil bo‘yi qishloq xo‘jaligi sohasida mehnat qiluvchi soha mehnatkashlari uchun ishlar qizg‘in tus oladi. Erta bahorda yerga qadalgan bug‘doy boshoqlaridan unib chiqqan g‘allani nes-nobut qilmay, yig‘ib-terib olishgan bo‘lsa, endigi navbat paxtaga.
Oq oltin parvarishi ham alohida qarov, yetarlicha agrotexnik tadbirlarni talab etadi. Qolaversa, suvlash, begona o‘tlardan tozalash ishlari ham bor. Bunda fermer-u dehqonlar, agronom-u suvchilar xizmatini ayashmaydi, kechani kecha, kunduzni kunduz demay mehnat qilishadi. Mehnatning rohatini esa hosil olib, rejani ortig‘i bilan udda qilganda ko‘rish mumkin. Ana shunday paytda yil bo‘yidagi charchoqlar zumda chiqib ketganday bo‘ladi.
Ayni shu sababdan ham Sherobod tumanida 2023-yil paxta hosili uchun g‘o‘za agrotexnikasining bajarilishi, uni sug‘orish tizimida mehnat qilib kelayotgan mexanizator va suvchilarning mehnati alohida e’tirof etildi. Viloyatdan biriktirilgan mas’ullar, tuman hokimi va sektor rahbarlari ishtirokida tumandagi barcha paxta yetishtiruvchi fermer xo‘jaligi va klasterlarda faoliyat yuritayotgan 79 nafar suvchi-xodim uchun dasturxon yozildi. Paxta ekinlarining yetishtirilishida ularning mehnati qadrlanib, maxsus kiyim va tungi yoritkich vositalari topshirildi.

S.Murodova

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Faol yoshlar sayohatga yo‘l oldi

Yoshlarni rag‘batlantirish, ularning tarixiy merosga hurmatini mustahkamlash va dunyoqarashini...

Chorrahada ishlar jadallashdi

Yo‘l infratuzilmasini modernizatsiya qilish va transport harakati xavfsizligini ta’minlash...

Agrotexnik tadbirlar — hosildorlik poydevori

Qishloq xo‘jaligida mo‘l hosilga erishish, avvalo, agrotexnik tadbirlarni o‘z...

“Oltin qalam” muborak

Matbuot va ommaviy axborot vositalari xodimlarining fidokorona mehnatini e’tirof...
KunTun
KunTun