Vazirning yo‘li tushdi-yu ko‘ngli quvondi

Date:

Kutubxona misoli nurxona. Ko‘ngillarni, ong-u shuurlarni ma’rifatning nuri ila yoritadi, dunyoqarashni kengaytiradi. Yoshlar keladigan, ma’naviy huzur oladigan makon bu kutubxona. Bugun ham o‘quvchilar mutolaa bilan mashg‘ul. Sevgan asarlari, o‘quv va ilmiy adabiyotlardan o‘qish va uqish jarayoni. Surxondaryo viloyatiga safar qilgan gan Xalq ta’limi vaziri B.Saidov bir guruh hamrohlari bilan Viloyat bolalar kutubxonasiga yo‘li tushdi-yu ko‘zi tushgan holatdan ko‘ngil-u ko‘zi quvondi.
Vazir kutubxonada jahon va o‘zbek adabiyotining o‘lmas durdonalaridan bo‘lmish asarlarni o‘qib-o‘rganayotgan o‘quvchilar bilan suhbatlashib, ularning kelajakdagi orzu-istaklari bilan qiziqdi.
Yoshlarimiz Yangi O‘zbekistonning kelajagi ekanligini ta’kidlab, kelgusidagi o‘qishlariga ulkan muvafaqqiyatlar tiladi.

Hilol

Oldingi sahifaDehqonlar uchun seminar
Keyingi sahifaDenovda ilk bor…

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Talabalar yengil atletika bahslarida kuch sinashdi

Termiz davlat universiteti sport maydonida oliy ta’lim muassasalari talabalari...

Angorda yer usti yo‘lagi qurilmoqda

Angor tumani Yangi turmush mahallasidan o‘tuvchi Abu Iso at-Termiziy...

“Yashil belbog‘” barpo etilmoqda

Angor tumani Ilg‘or mahallasida “Yashil makon” umummilliy loyihasi doirasida...

Ishlar qanday ketmoqda?

Qumqo‘rg‘on tumanida “O‘rta shaharlarni kompleks rivojlantirish” loyihasi doirasida 11...
KunTun
KunTun