Hushchekkadagi ko‘prik qayta quriladi

Date:

Bahor kelishi bilan sel kelish xavfi ba’zi hududlarda yashovchi aholini vahimaga solishi aniq. Hamma ham tabiiy ofatlardan talafotsiz o‘tishni istaydi. Sho‘rchi tumanidagi “Hushchekka” mahallasi ahlining ham ayni mavsumda o‘ylantiradigan masala shu. Sababi bir necha yil avval sel kelishi oqibatida mahallaning asosiy ko‘prigi zararlangan. Natijada esa avtomobillar harakati uchun yaroqsiz holatga kelgan.
Doimiy qatnov nuqtasining bu holati esa hushchekkaliklar uchun qiyinchilik tug‘dirar, ortiqcha vaqt sarflab, aylanib o‘tishiga sabab bo‘layotgan edi. Surxondaryo viloyat hokimi Sho‘rchi tumaniga tashrifi bahona ushbu ko‘prik holatini joyiga borib ko‘zdan kechirdi. Vaziyatni tushungan holda masʼullarga qisqa muddatda ishlab chiqilgan loyiha-smeta hujjatlariga asosan qayta qurish ishlarini boshlash topshirig‘ini berdi. Shu bilan birga mahalladagi ichki yo‘llar holati talabga javob bermasligi sababli yo‘llar taʼmiri boshlanib, aholi uchun qulaylik yaratiladigan bo‘ldi.

Hilol

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Qo‘sha qarish saodati

Oila — mehr, sadoqat va o‘zaro hurmat bilan mustahkamlanadigan...

Bolajonlar uchun yomg‘irli shou tashkil etildi

Yozning issiq kunlarida bolalarning ko‘nglini ko‘tarish va yozgi ta’tilni...

193 ta murojaatning 26 tasi joyida hal

Fuqarolar va tadbirkorlarning murojaatlarini tezkor va manzilli hal etish...

Ustoz tashabbusi yoshlarga qanot

Yoshlarni zamonaviy bilim va ko‘nikmalar bilan qurollantirish, ularning ta’lim...
KunTun
KunTun