Pedagogika institutiga 3 ming o‘rinli o‘quv binosi quriladi

Date:

Ta’lim sifatini oshirish, malakali va salohiyatli kadrlarni yetishtirish uchun albatta, yetarlicha shart-sharoit yaratish lozim. Ana shundagina amalga oshirilayotgan islohotlardan samara va natija bo‘ladi. Qolaversa, so‘nggi yillarda yoshlarning oliy ta’lim olishga bo‘lgan talab va ehtiyoji oshib, xususan Termiz davlat pedogogika institutida qo‘shimcha o‘quv binosiga talab sezildi. Natijada 2023-2024-yillar davomida oliy taʼlim muassasasiga Investitsiya dasturi asosida 1,5 ming o‘rinli o‘quv binosi qurilishi belgilandi.

Afsuski, o‘quv binosini qurish uchun yer maydoni ajratilmaganligi sababli qurilish ishlari boshlanmagan. Surxondaryo viloyat hokimi Termiz davlat pedogogika institutida bo‘lib, joriy yilda foydalanishga topshirilishi belgilangan ushbu o‘quv binosini qurish loyihasi bilan tanishdi.
Viloyat rahbari taklif etilgan yer maydonini joyiga borgan holda o‘rganib, masʼullarga tegishli hujjatlarni ishlab chiqish, yer maydonini ajratish va qurilish ishlarini boshlash bo‘yicha topshiriq berdi. Qolaversa, qurilish ishlarini sifatli amalga oshirish va belgilangan meʼyorlarga amal qilinishi bo‘yicha doimiy nazorat o‘rnatish lozimligi ta’kidlandi.

H.Kamolova

Oldingi sahifaTAYINLOV
Keyingi sahifa“XAVFSIZ HAYOT UCHUN”

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Hudud yanada ko‘rkam

Jarqo‘rg‘on tumanida temir yo‘l atrofidagi hududlarni obodonlashtirish va ko‘kalamzorlashtirish...

Yangi energetika loyihalari muhokama qilindi

Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimov Xitoyning “Daqing Deep Aureus...

Ayrim avtomobillarga gaz quyish taqiqlanadi

2026-yil 1-sentyabrdan boshlab gaz ballonlari bo‘yicha hujjatlari to‘liq rasmiylashtirilmagan,...

Yoshlar va rahbarlar ochiq muloqotda uchrashdi

Yoshlarning muammo va takliflarini eshitish, ularning kasbiy hamda ijtimoiy...
KunTun
KunTun