TAYINLOV

Date:

Mamadiyev Xusniddin Norboyevich Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirining tegishli buyrug‘iga asosan Surxondaryo viloyati Maktabgacha va maktab taʼlimi boshqarmasi boshlig‘i lavozimiga tayinlandi.

U 1984-yilda Angor tumanida tug‘ilgan. 2005-yil O‘zbekiston Milliy universiteti, 2012-yil Toshkent davlat madaniyat institutini tamomlagan. Maʼlumoti bo‘yicha mutaxassisligi – sotsiolog, huquqshunos, madaniyat, taʼlim va fan sotsiologiyasi.

X.Mamadiyev mehnat faoliyati davomida Davlat va jamiyat qurilishi akademiyasi, Respublika yoshlar markazi direktori, Olmazor tumani hokimining o‘rinbosari, Olmazor tuman hokimining o‘rinbosari – “Yoshlik” shaharchasi hokimi va Davlat xizmatini rivojlantirish agentligi Toshkent shahar filiali bosh inspektori lavozimlarida mehnat qilgan.

Mazkur lavozimga tayinlangunga qadar 2022-yildan buyon Prezident taʼlim muassasalari agentligining  viloyat hududiy bo‘limi boshlig‘i lavozimida faoliyat yuritib kelayotgan edi.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Tadbirkorlar bilan ochiq muloqot

Tadbirkorlikni rivojlantirish, ishbilarmonlik muhitini yanada yaxshilash hamda tadbirkorlarning qonuniy...

“Ziyoli kelajak” loyihasi Boysunda

“Yuksalish” harakati tomonidan mamlakatimiz ta’lim tizimini rivojlantirishga qaratilgan yirik...

O‘zbek tili bilimdonlari saralandi

Termiz davlat universitetida xorijlik talabalar o‘rtasida o‘zbek tili fanidan...

Raqiblarin ortda qoldirdi

Qirg‘iziston Respublikasining Talas shahrida yengil atletika bo‘yicha “Manas Demi”...
KunTun
KunTun