Qorliq kengliklarida Navro‘z…

Date:

Navro‘z tantanalari qalbimizga o‘zgacha shukuh, bayram kayfiyatini ulashmoqdaki, o‘zlikka, milliylikka qaytganday quvonchdamiz. Vohaning har bir tumanida Navro‘z sayliga ana shunday ko‘tarinki ruhda tayyorgarlik ko‘rilganki, mahalliy aholi ushbu mehnat zahmatini chin ko‘ngildan sezayotir. Oltinsoy tumanidagi “Qorliq” mahallasi adirliklari ham bugun o‘zgacha ko‘rinish kasb etgan. Bahor nafasi esayotgan kengliklar kelinchak misoli bezatilgan, erta tongdan bu yerga yo‘l olgan tuman ahli childirmalar, xalqona navolar sadosi ila qarshi olindi.
Qayga boqmang, bo‘y qizlarning qirq kokil qilib sochlarini o‘rib olgancha, milliy liboslarini tovlantirib, “hush kelibsiz” deyayotgan bo‘ladi. Alp o‘g‘lonlarning egniga yarashgan milliy yaktaklari, belqarslarida ko‘rib, kuzatib yo polvon, yo dorvoz, boringki, surxoncha raqsga shaylanib turgan raqqosga o‘xshatasiz.
Konsert dasturi o‘tkaziladigan katta sahnada esa hali baxshi-yu oqinlar ijrosidagi baxshiyonalar quloqqa hush yoqsa, adirliklar bo‘ylab tikilgan qora uy, o‘tovlar, milliy taomlar va milliy hunarmandchilik ko‘rgazmalari tomosha zavqini yanada oshiradi.
Navbat chechalarga berilganda esa ular davrani shu qadar qizdirdilarki, tomoshaga berilganlar ham raqsga tushib, dildan yayradilar. Ha, Oltinsoyda Navro‘z sayli ana shunday shukuhda davom etayotir…

S.Davlatova

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

14 ta ijtimoiy obyekt foydalanishga topshirildi

Mustaqilligimizning 35 yilligi arafasida Muzrabot tumanida aholi, ayniqsa, yosh...

Bayram ko‘tarinki ruhda o‘tdi

Bandixon tumani markaziy sport o‘yingohida “Yagona Vatan, yagona xalq...

“Yangi kun” — mehr va e’tibor maskani

Termiz shahrida aholining ijtimoiy himoyaga muhtoj qatlamlarini qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan...

Xalq muammosi — deputat e’tiborida

Aholi bilan muloqot qilish, ularning muammo va takliflarini o‘rganish,...
KunTun
KunTun