Nazariy va amaliy ko‘nikmalar berildi

Date:

Bugungi bog‘chalar faoliyati kechagisidan tubdan farq qiladi. Tarbiyachi-pedagoglardan talab etilayotgani ular mas’uliyatini bir necha baravar oshirmoqda. Maktabgacha ta’lim tashkiloti faqatgina bolani ovqatlantirib, ota-ona ishdan bo‘shaguniga qadar enagalik, ya’ni shunchaki qarab o‘tirish vazifasini olmaydi, balki boshlang‘ich ta’lim berish, tarbiyalash, vaqtini mazmunli o‘tkazish uchun ham mas’ul. Qolaversa, endigina o‘sib kelayotgan organizm uchun foydali, vitaminlarga boy bo‘lgan ovqatlanish ratsioniga ham amal qiladi.
Bir so‘z bilan aytganda, bola maktabga yozishni, o‘qishni, matematik amallarni hisoblaydigan darajaga yetib boradi. Rus yoki ingliz tilidan ham so‘z boyligi, taassurot va tasavvuri bo‘ladi. Bu yo‘lda maktabgacha ta’lim tashkilotlarining pedagog-tarbiyachilar uchun “Birinchi qadam” davlat dasturi dasturil amal bo‘lib xizmat qilayotir.

Tizimda muvaffaqiyat va natijaga erishish uchun esa pedagoglar doimiy tajriba almashish, malaka oshirib, zamon talablaridan kelib chiqqan holda o‘z vazifasiga yondashmoq davr talabi. Shu ma’noda Termiz shahrida “Mehribonlik korpusi” xalqaro notijorat tashkiloti Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi huzuridagi Maktabgacha taʼlim agentligi, shuningdek, Maktabgacha taʼlim va maktabgacha taʼlim boshqarmasi bilan hamkorlikda maktabgacha ta’lim tashkilotlarining pedagoglari uchun “Bolalar taʼlimi va ovqatlanishi uchun oziq-ovqat” xalqaro dasturi doirasida 5 kunlik seminar-trening tashkil etildi.
Kichik yoshdagi bolalarda ratsional ovqatlanish, gigiyena va sog‘lom turmush tarzi ko‘nikmalarini shakllantirish bilan birga savodxonligini oshirishga xizmat qilguvchi yondashuvni joriy etish lozim. Tashkil etilgan o‘quv mashg‘ulotlari davomida shu jihatlarga e’tibor qaratildi. Qolaversa, maqsadi o‘qitishda kompetensiyaga asoslangan yondashuv tamoyillarini, tabaqalashtirilgan va o‘quvchiga yo‘naltirilgan ta’lim yondashuvlarini, maktabgacha yoshdagi bolalarda nutq, muloqot, o‘qish va yozishni rivojlantirish usullarini qo‘llash bo‘yicha nazariy va amaliy ko‘nikmalar berildi.

Bolalarga kutilmagan hodisalar yoki favqulodda vaziyatlarda birinchi yordam ko‘rsatish bo‘yicha bilimlar oshirilishi bilan bir qatorda mutaxassislar tomonidan kuyish, tananing barcha a’zolari shikastlanishi, ichki va tashqi qon ketishlar, zaharli hasharotlar va ilonlar chaqishi hamda zaharlanishda birinchi tibbiy yordam ko‘rsatishning asosiy maqsadi, vazifalari, tamoyillari atroflicha tushuntirilib, amaliy vazifalar belgilandi.
Treningning keyingi kunlarida bolalarda ratsional ovqatlanish ko‘nikmalarini va sog‘lom turmush tarzini shakllantirish usullari o‘rgatildi.
Interfaol yondashuvlar va qiziqarli reflektiv vazifalar bilan o‘tgan trening mashg‘ulotlari tinglovchilarda katta qiziqish uyg‘otdi.

S.Normurodova

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Cho‘lda ham ichimlik suvi…

Cho‘l hududlarida aholining ichimlik suviga bo‘lgan ehtiyojini qondirish maqsadida...

Rasmiy daromadi boʻlmasa ham krеdit beriladi

2025 yil 23 iyundan boshlab Krеdit-axborot tahliliy markazi “Alitеrnativ...

Xitoy bilan ekologik hamkorlik memorandumi imzolandi

“Eco Expo Central Asia 2025” xalqaro ko‘rgazmasi doirasida China...

Davlat xizmatchilari uchun mobil ilova yaratiladi

2025-yil 1-sеntyabrdan boshlab Oʻzbеkistonda «Davlat xizmatchisi» mobil ilovasi ishga...
KunTun
KunTun