Imtihon yaqin…

Date:

Joriy o‘quv yilining yakunlanishiga ham fursat oz qoldi. Bu ayniqsa, bitiruvchi sinf o‘quvchilari uchun hayajonli daqiqalar yaqinlashayotganidan dalolat beradi. Oldinda esa yakuniy imtihonlar. Ya’ni g‘alvir suvdan ko‘tarilib, bilimlar, tayyorgarliklar sinaladigan fursat. Joriy yil esa maktab o‘quvchilarining yakuniy imtihonlarida kreativ va mantiqiy fikrlashga yo‘naltirilgan topshiriqlardan foydalanilishi ulardan sinchkovlik, puxta tayyorgarlik ko‘rmoqlikni talab etadi. Vazirlar Mahkamasining qaroriga muvofiq taʼlim muassasalarida o‘quv mashg‘ulotlari joriy yilning 25-mayiga qadar davom etadi. May va iyun oylarida esa yakuniy nazorat imtihonlari bo‘lib o‘tadi.
9-sinf o‘quvchilari uchun jismoniy tarbiya fanidan imtihonlar joriy yilning 1-6-may kunlari o‘tkaziladi. Jismoniy yoki psixik rivojlanishida nuqsoni bo‘lgan bolalar uchun ixtisoslashtirilgan maktab, maktab-internatlari hamda skolioz bilan kasallangan bolalar uchun sanatoriy turidagi maktab-internatlari bundan mustasno. Shuningdek, 9- va 11-sinflar uchun yakuniy (bitiruv) nazorat imtihonlari joriy yilning 26-mayidan 15-iyuniga qadar tashkil etiladi.
Umumtaʼlim fanini bilish darajasi to‘g‘risida davlat namunasidagi sertifikat hamda chet tili fanlari bo‘yicha kamida B1 darajadagi milliy yoki unga tenglashtirilgan mos darajadagi xalqaro tan olingan sertifikatga ega bo‘lgan o‘quvchilar imtihonlarda muayyan fandan ozod etiladi. Imkoniyati cheklangan maktab-internatlarida tahsil oladigan alohida taʼlimga ehtiyoji bo‘lgan o‘quvchilarga ushbu umumtaʼlim muassasalariga qo‘yilgan talablar asosida o‘tkaziladi.

Sohibjamol

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Profilaktik tadbirlar davom etmoqda

Hammaga ma’lumki, hozirgi kunda yurtimizda Favqulodda vaziyatlarning oldini olish...

Termizda yangi hayot nafasi

Termiz shahrida amalga oshirilayotgan bunyodkorlik ishlari nafaqat shahar qiyofasini...

103 xizmati faoliyati raqamlarda

Termiz davlat universiteti qoshida 103 xizmati yo’lgan qo’yilgan. Ushbu...

Yong‘in-qutqaruv salohiyati yangi bosqichda

Aholi xavfsizligini ta’minlash, favqulodda vaziyatlarning oldini olish va ularga...
KunTun
KunTun