Chegara postiga sayohat

Date:

Surxondaryo viloyatida tashkilot va boshqarmalarning uyushmagan, hayotda hali o‘z o‘rnini topa olmagan yoshlarni otaliqqa olish amaliyoti ijobiy natija berib, tashabbusdan ko‘zlangan maqsad o‘zini oqlayapti. Viloyat bojxona boshqarmasi Jarqo‘rg‘on tumanidan 30 nafar yoshni otaliqqa olgan. Ularning hayotida o‘zgarish qilish, qarashlarida tub burilishlar yasash maqsadida boshqarma tomonidan turli tadbirlar amalga oshirilmoqda. Bu safar esa ular uchun “Ayritom” chegara bojxona postiga sayohat uyushtirildi.
Bojxonachilar yoshlar bandligigini taʼminlash, ularni harbiy vatanparvarlik, yuksak maʼnaviy-axloqiy qadriyatlar ruhida tarbiyalashga alohida eʼtibor qaratishgan. Shu sababdan ham qo‘shni davlat chegarasidagi bojxona postiga uyushtirilgan sayohat katta taassurotlarga boy bo‘ldi. Viloyat bojxona boshqarmasi boshlig‘i Qahramon Umarov yoshlarga hamrohlik qilib, Yangi O‘zbekiston yoshlarining har taraflama baxtli kamolga yetishiga ko‘maklashish bojxona organlari xodimlarining ham muhim vazifalaridan biriga aylangani haqida atroflicha so‘z yuritdi. Otaliqqa olingan yigit-qizlarni kasbga yo‘naltirish, bandligini taʼminlash yuzasidan amalga oshirayotgan ishlar to‘g‘risida to‘xtaldi.
Taassurotlarga boy bo‘lgan sayohatda yoshlarga bojxona organlarining asosiy vazifalari, davlatimiz xavfsizligini taʼminlashdagi o‘rni xususida maʼlumot berildi. Yaratilgan shart-sharoit va imkoniyatlar bilan tanishtirildi. Tanishuv bojxona inspektorlari bilan qizg‘in suhbatga ulandi. Xizmat itlarining ish jarayoniga bevosita ishtiroki esa barchaning e’tiborini tortdi.
Bir kunlik sayohat yoshlaning Vatanga xizmat muqaddas burch ekanini anglatish bilan birga o‘zlarini ham ana shunday xizmatga chorlagan, o‘z oldiga qat’iy maqsadlar qo‘yishga xizmat qilgan bo‘lsa, ajab emas.

H.Kamolova

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Bolajonlarga munosib tuhfa

Mustaqilligimizning 35 yilligi arafasida Uzun tumanida yana bir quvonchli...

43-maktabning qo‘shimcha binosi bor

Mustaqilligimizning 35 yilligi arafasida Sariosiyo tumanida bunyodkorlik ishlari izchil...

Yana bir maktab yangilandi

Mustaqilligimizning 35 yilligi arafasida Oltinsoy tumanida yosh avlod uchun...

“Fonus” e’tirofga sazovor

Mustaqillik bayrami arafasida o‘zbek kinosining xalqaro maydondagi navbatdagi yutug‘i...
KunTun
KunTun