KASANACHILIK FAOLIYATI YO‘LGA QO‘YILADI

Date:

Gilamchilik qadimiy va momolarimiz mashg‘ul bo‘lgan, qadriyat tusini olgan hunarmandchilik turidir. Ayniqsa, gilam uy-ro‘zg‘orimizda doimo kerak bo‘ladigan, xonadonimizni nafaqat bezaydigan, balki issig‘-u sovuqdan asraydigan qimmatli buyumdir. U uzoq muddat xizmat qilib, ko‘nglimizni xushnud etadi. Gilamchilik bilan mashg‘ul bo‘lgan hunarmandlar uchun gilam to‘qish jarayoni, gul va naqshlar chiqarish qiziqarli. Mehnati natijasi esa ishiga bo‘lgan mehrini oshirsa, ularning xaridori chiqib, o‘z egasini topganida hunarmand bor charchoqlarini unutib yuborsa, ajabmas.
Jarqo‘rg‘on tuman hokimi tumanda hunarmandchiikni rivojlantirish, aholini foydali mehnatga jalb etish maqsadida hunarmand Malika Suvonovaning mehnati va hunaridan foydalanishni niyat qildi. Va 11 nafar ayol “taqir gilam” to‘qishni o‘rganib kelish uchun vodiy viloyatiga jo‘nab ketadi. Hunar o‘rganib qaytgan to‘quvchilarimiz yordamida joriy yilda 300 nafar, 2024-yilda 1000 nafar ishsiz xotin-qizning bandligi taʼminlanadi.
Aytish kerakki, tadbirkor M.Suvonova tomonidan gilamchilikni mukammal o‘rgangan fuqarolarga uylarida ishlash uchun kasanachilik asosida dastgoh beriladi va to‘qilgan gilamning har bir 1 m³ uchun 140 000 (bir yuz qirq ming) so‘mdan, bir oyda 30 m³ to‘qigan ayol 4 200 000 (to‘rt million ikki yuz ming) so‘m ish haqi oladi.

Sohibjamol

Oldingi sahifaO‘ziga xos tuhfa
Keyingi sahifaChegara postiga sayohat

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Yurtni ardoqlab…

Vatan mustaqilligi — xalqimizning eng ulug‘ va bebaho qadriyati....

AJDODLAR RUHIGA EHTIROM KO‘RSATAYLIK

Alloh taolo insonni bu dunyoning eng aziz va mukarram...

Kutubxona: kitoblar maskanidan imkoniyatlar makonigacha

Bugungi texnik taraqqiyot hayotimizning deyarli barcha jabhalarini o‘zgartirmoqda. Ta’lim...

XALQ BILAN HAMNAFAS MAHALLA

Mahalla — xalq hayoti bilan eng yaqin bog‘langan, odamlarning...
KunTun
KunTun