Endi tibbiy xulosa so‘ralmaydi

Date:

Ba’zan idora va tashkilotlarda doimiy so‘raladigan ma’lumotnomalar, ortiqcha qog‘ozbozlik kishining tinkasini quritadi. Yaxshiyamki, bir necha yildirki, qabul qilinadigan qaror va farmoyishlar sabab ana shunday qog‘ozbozlikning, ortiqcha ovoragarchiliklarning oldi olindi. Bu bo‘yicha ishlar esa hali-hamon davom etayotir. 2023-yil 1-sentyabrdan boshlab nogironligi bo‘lgan shaxslarni protez-ortopediya moslamalari va reabilitatsiya qilishning texnik vositalari bilan taʼminlashda nogironligi bo‘lgan shaxslardan tibbiy xulosa talab qilish ham bekor qilinadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 27-fevraldagi “Nogironligi bo‘lgan shaxslarni qo‘llab-quvvatlash tizimini takomillashtirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qarorida bu haqida belgilab qo‘yilgan. Bunda fuqarolarni tibbiy-ijtimoiy ekspertizadan o‘tkazish va nogironlikni belgilash bilan bir vaqtda tegishli protez-ortopediya moslamalari va reabilitatsiya qilishning texnik vositalarini olish uchun tibbiy xulosa tibbiy-ijtimoiy ekspert komissiyalari tomonidan “Tibbiy-ijtimoiy ekspertiza” elektron axborot tizimiga kiritiladi.
Protez-ortopediya moslamalari va reabilitatsiya qilishning texnik vositalarini olish uchun talab etiladigan tibbiy xulosaning mavjudligi o‘zaro axborot almashinuvi orqali aniqlanadi. “Tibbiy-ijtimoiy ekspertiza” elektron axborot tizimiga kiritilgan tibbiy xulosa asosida mazkur axborot tizimiga integratsiya qilingan “Ijtimoiy xizmat” elektron platformasida nogironligi belgilangan shaxsning murojaati (shu jumladan, elektron tartibda) asosida protez-ortopediya moslamalari va reabilitatsiya qilishning texnik vositalarini olish uchun elektron sertifikat shakllantiriladi.

Manbalar asosida S.Davlatova tayyorladi

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

“Chaqar”da tibbiy ko‘rik

Aholi salomatligini mustahkamlash, kasalliklarni erta aniqlash va profilaktika tadbirlarini...

Bolajonlar uchun yangi imkoniyat

Maktabgacha ta’lim tizimini rivojlantirish, bolalarga sifatli ta’lim va tarbiya...

Zamonaviy agrotexnologiya — yuqori hosil garovi

Qishloq xo‘jaligida suvni tejovchi texnologiyalarni keng joriy etish, hosildorlikni...

Ishlar jadallashmoqda

Hududlarda zamonaviy infratuzilmani rivojlantirish, aholi uchun qulay yashash va...
KunTun
KunTun