PRESS-TUR BO‘LIB O‘TDI

Date:

Amalga oshiriladigan islohotlar, investitsiya loyihalari negizida xalqqa qulaylik yaratish, ular turmush sharoitini yaxshilash maqsadi yotadi. Shu jihatdan kelib chiqib, har bir shahar va tumanda yil boshidan katta rejalar olinib, yil davomida ularni amalga oshirish ustida ishlar qizg‘in davom etadi. Qumqo‘rg‘on tumanida ham 2023-yilda rejalashtirilgan investitsiya loyihalari talaygina. Ularni keng jamoatchilikka tanishtirish maqsadida press-tur tashkil etildi. Tadbir davomida OAV vakillari tumandagi “AGRO PROCESSING GROUP” MChJ va “Baraka” savdo majmuasida bo‘lishdi. Ushbu nuqtalardagi ishlab chiqarish, xizmat ko‘rsatish ketayotgan qizg‘in ish jarayoni bilan tanishildi.

Aytish kerakki, “AGRO PROCESSING GROUP” MChJ tomonidan meva-sabzavotlar qayta ishlanmoqda hamda “Agro Feed” MChJ tomonidan meva-sabzavotni quritish korxonasi faoliyati yo‘lga qo‘yilgan.
“Baraka” savdo majmuasida esa “Begoyim nafosat gullari” xususiy korxonasiga 10 milliard so‘m subsidiya mablag‘lari ajratish hisobiga 1000 nafar ishsiz xotin-qiz bandligini ta’minlash loyihasi amalga oshiriladi. Ha, bunday loyihalarning amaliyotga tadbiq etilishi nafaqat talab va taklif qonuniyati asosida ish olib borishga asos bo‘ladi, balki ishsizlarni ish bilan band etib, qanchadan-qancha oilalarga ham naf keltiradi.

Keyingi manzil esa zamonaviy hunarmandchilik kompleksi bo‘ldi. Komplekda hunarmandchilikning 7 ta, jumladan, tikuvchilik, haykaltaroshlik, yumshoq o‘yinchoqlar yasash, izalondan, qolipli gullar yasash, qandolatchilik va zardo‘zlik yo‘nalishlari yo‘lga qo‘yilishini hisobga oladigan bo‘lsak, ko‘plab opa-singillarimiz ishsizlikdan idorama-idora, qabulma-qabul sarg‘ayishining oldini olinishi kishini quvontiradi. Press-tur ichtirokchilari o‘zlarining qiziqtirgan savollariga mas’ullar tomonidan javob olishdi.


S.Murodova

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Cho‘lda ham ichimlik suvi…

Cho‘l hududlarida aholining ichimlik suviga bo‘lgan ehtiyojini qondirish maqsadida...

Rasmiy daromadi boʻlmasa ham krеdit beriladi

2025 yil 23 iyundan boshlab Krеdit-axborot tahliliy markazi “Alitеrnativ...

Xitoy bilan ekologik hamkorlik memorandumi imzolandi

“Eco Expo Central Asia 2025” xalqaro ko‘rgazmasi doirasida China...

Davlat xizmatchilari uchun mobil ilova yaratiladi

2025-yil 1-sеntyabrdan boshlab Oʻzbеkistonda «Davlat xizmatchisi» mobil ilovasi ishga...
KunTun
KunTun