“Yashil chiroq” musobaqasida

Date:

Yo‘l qoidalarini buzish ko‘plab ko‘ngilsizliklarga sabab bo‘ladi. Shu sababdan ham doimiy ravishda bu borada targ‘ibot-tashviqot ishlarini olib boramiz. Ayniqsa, maktab va bog‘chalardanoq yo‘l qoidalarini o‘rgatib borish, kelgusida yo‘l transport hodisalarining oldini olishga xizmat qilishi maqsad qilingan.
Davlatimiz rahbarining “2022-2026-yillar davomida amalga oshirilishi mo‘ljallangan “Xavfsiz va ravon yo‘l” umummilliy dasturini tasdiqlash to‘g‘risida”gi qarori ijrosi doirasida Angor tumanidagi 14-sonli umumtaʼlim maktabida o‘quvchi-yoshlar o‘rtasida “Yashil chiroq” musobaqasi o‘tkazildi.
Musobaqa qiziqarli tarzda tashkil etilib, o‘quvchilar ishtirokchilarning chiqishlarini, bir-biridan qiziqarli ma’lumotlarni tinglab zerikish nimaligini unutdilar. Ana shunday chiqishlarda yo‘l belgilari, birinchi tez tibbiy yordam va boshqa muhim xavfsizligimiz uchun zarur bo‘lgan bilimlar o‘quv mashg‘ulotlari orqali ifoda etildi. Qolaversa, tadbir qatnashchilariga qo‘shimcha tarzda soha mutaxassislari ham ishtirok etib, zarur qoidalar haqida tushuntirishlar berishdi.
Viloyatimizdagi barcha taʼlim muassasalarida “Yashil chiroq” musobaqalari davom etmoqda.

Hilol

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Shved instituti bilan yangi loyihalar amalga oshiriladi

O‘zbekiston Respublikasi Prezident huzuridagi Boshqaruv samaradorligi agentligi hamda Shvetsiyaning...

“Ezgulik — yurakdan yurakka”

Jamiyatda mehr-oqibat, insonparvarlik va o‘zaro ko‘mak muhitini mustahkamlash maqsadida...

“Kitob karvoni” yo‘lga chiqdi

O‘zbekiston Mustaqilligining 35 yilligi munosabati bilan kitobxonlar uchun yana...

Surxondaryoliklar mukofotlandi

Prezidentimizning tegishli Farmonlariga muvofiq, O‘zbekiston Respublikasi mustaqilligining 35 yilligi...
KunTun
KunTun