Noaniqlikka aniqlik kiritib…

Date:

Besh yillik ish staji bor xotin-qizlar oliy o‘quv yurtlariga imtihonsiz qabul qilinishi haqida bot-bot so‘rashadi. Bu esa sohada qabul qilingan qarorning noto‘g‘ri talqin qilinishiga sabab bo‘layotir. Eslatib o‘tish joizki, 5 yillik ish stajiga ega xotin-qizlar ham barcha qatori imtihon topshiradi, faqat qo‘shimcha imtiyozdan foydalanishi mumkin.
Xolbuki, kamida 5 yil ish stajiga ega boʻlgan xotin-qizlarni oliy taʼlim muassasalariga imtihonlarsiz oʻqishga qabul qilish boʻyicha tartib mavjud emas. Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 9-iyundagi 322-son qaroriga muvofiq mutaxassisligi boʻyicha kamida besh yil mehnat stajiga ega boʻlgan xotin-qizlarni davlat oliy taʼlim muassasalariga oʻqishga qabul qilish tartibi tasdiqlangan edi.
Mazkur tartib 2022/2023-oʻquv yilidan boshlab amaliyotga joriy etilgan boʻlib, ushbu toifadagi xotin-qizlarga jami alohida 500 ta bazaviy toʻlov-kontrakt asosidagi qoʻshimcha qabul parametrlari oliy taʼlim muassasalari kesimida ajratildi. Ushbu toifadagi xotin-qizlar ajratilgan qabul parametrlariga tanlovlarda ishtirok etishlari uchun dastlab Oila va xotin-qizlar qoʻmitasining tegishli tavsiyanomasiga ega boʻlishlari lozim.
Tavsiyanomaga ega boʻlgan xotin-qizlar uchun tanlovlar umumiy tartibda davlat oliy taʼlim muassasalarining bakalavriatiga oʻqishga qabul qilish boʻyicha kirish imtihonlari (test sinovi, kasbiy (ijodiy) imtihon) doirasida oʻtkaziladi. Imtihonda eng yuqori ballning kamida 30 foizini toʻplab, ammo talabalikka tavsiya etilmagan xotin-qizlar 500 ta bazaviy toʻlov-kontrakt asosidagi qoʻshimcha alohida qabul parametrlari doirasida, ballar ketma-ketligi boʻyicha tanlovda qatnashadi.
2023/2024-oʻquv yilida ham kamida 5 yil ish stajiga ega boʻlgan xotin-qizlar mazkur tartibga muvofiq kirish imtihonlari natijalariga koʻra tanlov asosida oʻqishga qabul qilinadi.

Manbalar asosida H.Kamolova tayyorladi

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Taraqqiyotga bolta urmaylik!

Surxondaryo viloyati Maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasida "9-dekabr –...

Bahodir Hamdamov birinchi…

Kurash o‘zbekning milliy kurash turi, xalqimizning sevimli mashg‘uloti ham...

Ochiq kutubxona tashkil etildi

Davlatimiz rahbarining joriy yil 16-17-noyabr kunlari viloyatimizga tashrifi chog‘ida...

Konstitutsiya va milliy qadriyatlarimiz uyg‘unligi

Konstitutsiya jamiyatning evolyutsion rivojlanishidan kelib chiqadigan hayotiy zaruratdir. U...
KunTun
KunTun