“OSH SAYLI”

Date:

Mehmon kelsa bormi, do‘ppidekkina osh damlab, dasturxonga tortamiz. Nafaqat mehmon kutishda, balki to‘y-hasham-u marakalarda ham milliy taomimiz — osh pishiramiz. Har bir hududning o‘z uslubiga ko‘ra osh damlash, dasturxonga tortish siri bo‘ladi. Termiz shahridagi 12-sonli umumtaʼlim maktabida o‘quvchilar o‘rtasida “Osh sayli” tadbiri tashkil etildi. Va sayl davomida o‘quvchilar vohamiz hududlarida tayyorlanadigan palov turlarini damlashga tushdilar.

O‘t qalash, qozonni qizdirish, masalliqlarni obi-tobiga keltirish bo‘yicha jamoalar bo‘sh kelishmadi. Atrofni esa palovxonto‘raning hidi tutib ketdi. Har bir jamoaning taomiga baho berish uchun kutayotgan kuzatuvchilar jarayonni maroq ila kuzatdilar. Osh pishgach esa tatib ko‘rib, baho berishga tushib ketdilar.

Odillik va xolislikni ta’minlash maqsadida jamoalar hakamlar oldida tayyorlashdi.  Shuningdek, maktabning qo‘li gul va pazanda o‘quvchi-qizlari o‘zlari tayyorlagan mazali pishiriqlarni hamda tikuvchilik to‘garaklari aʼzolari o‘z mahsulotlarini namoyish etishdi.

H.Kamolova

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Narkotik savdosining noqonuniy kanali fosh etildi

Davlat xavfsizlik xizmatining Surxondaryo viloyati bo‘yicha boshqarmasi xodimlari tomonidan...

Sifatsiz tovar va xizmatlar: huquqiy yechim qayerda?

Toshkent davlat tibbiyot universiteti Termiz filiali majlislar zalida «Yuksalish»...

Imkoniyatlar va muammolar o‘rganildi

Angor tumani hokimi Qosim Mardonov «Angor karvonsaroy» savdo kompleksida...

Bir bayroq — bir xalq, bir maqsad

Termiz tumani hokimligi tadbirlar maydonida O‘zbekiston Respublikasi Davlat bayrog‘i...
KunTun
KunTun