Mo‘l hosil olish uchun…

Date:

Yaxshi niyat ila ekin-tikin qilish maqsadida yerga urug‘ qadaymiz. Vaqtida suv berib, sug‘oramiz, ishlov beramiz. Shuni ham unutmaslik kerakki, begona o‘t va hasharotlar ekinning kushandasi. Ulardan biri bo‘lsa-da, zarar keltirdimi, hosildan umid uzildi degani. Shu sabab ham qishloq xo‘jaligida mehnat qilib daromad olish niyati bor dehqon yoki fermer yerga va ekinga kerakli agrotexnik tadbirlarni muntazam ravishda o‘tkazib borishi shart. Oldimizga turgan ana shunday muhim masalalardan biri 2023-yil g‘alla hosiliga puxta tayyorgarlik ko‘rish va mo‘l hosil olishdir. Shu maqsadda Bandixon tumanida viloyat ishchi guruhi aʼzolari bilan seminar o‘tkazildi.

 Har bir fermer va klasterlar o‘z oldiga g‘alladan yuqori va sifatli hosil yetishtirishni maqsad qilgan holda yuqori natijaga erishishi uchun albatta, g‘alla parvarishida agrotexnik tadbirlarni o‘z vaqtida maromiga yetkazib bajarishi hamda mavjud resurslar, mineral va mahalliy o‘g‘itlar hamda suvdan unumli foydalanish lozim bo‘ladi.

Shuningdek, begona o‘tlar, kasalliklar va zararkunandalarining g‘alla maydonlarini zararlashini inobatga olib, ularga qarshi kurash choralarini ko‘rish va doimiy kuzatuv talab etiladi. Seminar davomida ayni shu masalalar bo‘yicha kerakli yo‘l-yo‘riqlar ko‘rsatilib, tavsiyalar berildi.

Shuningdek, “Bandixon shdm don klaster” MCHJ tomonidan 40 nafar mexanizatorga maxsus kiyim bosh va har biriga  bir million so‘mdan mukofot mablag‘lari  berildi.

S.Davlatova

Oldingi sahifa“OSH SAYLI”
Keyingi sahifaSanʼat asarlari saralandi

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

“Chaqar”da tibbiy ko‘rik

Aholi salomatligini mustahkamlash, kasalliklarni erta aniqlash va profilaktika tadbirlarini...

Bolajonlar uchun yangi imkoniyat

Maktabgacha ta’lim tizimini rivojlantirish, bolalarga sifatli ta’lim va tarbiya...

Zamonaviy agrotexnologiya — yuqori hosil garovi

Qishloq xo‘jaligida suvni tejovchi texnologiyalarni keng joriy etish, hosildorlikni...

Ishlar jadallashmoqda

Hududlarda zamonaviy infratuzilmani rivojlantirish, aholi uchun qulay yashash va...
KunTun
KunTun