Qo‘y-qo‘zilar tarqatildi

Date:

Kimgadir yaxshilik qilsangiz, og‘iri siz sabab yengil bo‘lsa, dildan yengil tortasiz. Bunday savobli ishlarni har kim har kuni qilmog‘i lozim aslida. Ana shundagina dunyoda ezgulik tirgak bo‘la oladi. Uzunlik O‘ktam xoji bobo Qalandarov yaxshi eslaydi. Otasi doimo odamlar hojatini chiqarib, el duosini olib yurardi. Ana shunday sahovatpesha va oqibatli insonning farzandi ham ota izidan bordi. Xoji bobo ham barakali tashabbusga qo‘l urdi. Tuman hokimi o‘rinbosari, Oila va xotin-qizlar bo‘limi rahbari S.Gulboyeva yordamida tumandagi ehtiyojmand oilalar ro‘yxati shakllantirilib, xoji boboning qo‘y-qo‘zilari tarqatildi.

Xoji bobo bunday ishlarni odat qilgan. U kishi har yili  o‘z mablag‘i hisobidan kam taʼminlangan, ehtiyojmand oilalarga sahovat ko‘rsatib keladi. Kutilmaganda eshigingizga qo‘y yetaklab kelib, sizga tuhfa qilishsa, ko‘ngil uyingiz obod bo‘lib, darrov qo‘llaringizni duoga ochasiz. Ha uyingizga shu jonivor bilan birga qut-baraka ham kirgandek bo‘ladi. Bir bosh qo‘yni ikkitaga, balki undan ham ko‘proqqa ko‘patirishsa, ajab emas. Qolaversa, mana shunday tashabbuslar sabab mahallada kambag‘allik qisqarib, bu oilaviy byudjetni ta’minlashga bir turtki bo‘lar.

S.Murodova

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Noyob topilmalar tadqiq etilmoqda

Sho‘rchi tumanida 2023-yilda aniqlangan Ozod arxeologik yodgorligida bronza davriga...

Yo‘llarda tozalikni saqlashning oddiy yechimi

Qishloq xo‘jaligi vazirligi yo‘l va dalalar atrofida chiqindilar to‘planishining...

Harakatdagi mahalla

Muzrabot tumanining "Oriyat" mahallasida aholi o‘rtasida sog‘lom turmush tarzini...

Jamoamiz kuchli uchlikda

Toshkent shahrida ayollar o‘rtasida suv polosi bo‘yicha O‘zbekiston kubogi...
KunTun
KunTun