Asalari – mo‘may daromad manbai

Date:

Asal — nafaqat hushxo‘r shirinlik, balki sog‘liqdagi ko‘plab muammolarni bartaraf etishi bilan qimmatli. Asal jig‘ildon qaynashi bilan birga kuzatiladigan qizilo‘ngach yallig‘lanishida, stomatit, dermatit, tumov va yo‘talni davolashda eng yaxshi vosita. Uyqungiz kelmaganda sutga aralashtirib ichish kifoya. Xullas, asal kon-u foyda bo‘lib, iste’molini kanda qilmaslik lozim. Yetti xazinaning biri hisoblanmish asal yaxshigina daromad manbai ham.
Mittigina hasharotlarni parvarishlab, mehnatidan qochmasangiz, asalchilik hech bir ishbilarmonni xafa qilmaydi. Angorlik Bozorgul Xushboqova ham asalchilikning hadisini olgan. Bu ishda turmush o‘rtog‘i, farzandlari eng yaqin yordamchi. Ular birgalikda 6 yildan buyon asalarichilik bilan shug‘ullanib keladi. Oddiy havas bilan boshlagan ishlaridan baraka olishgach, uni kengaytirishdi. Hozirda esa ular 100 ta asalari oilasini parvarishlashmoqda.
Bo‘sh vaqtda asalarilarni parvarishlash, mitti mehnatkashlardan asal olish zavqli va sevimli jarayon. Bundan zavq olgan oila esa bu ishdan aslo kam bo‘lishmayapti.


Hilol

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Tadbirkorlar bilan ochiq muloqot

Tadbirkorlikni rivojlantirish, ishbilarmonlik muhitini yanada yaxshilash hamda tadbirkorlarning qonuniy...

“Ziyoli kelajak” loyihasi Boysunda

“Yuksalish” harakati tomonidan mamlakatimiz ta’lim tizimini rivojlantirishga qaratilgan yirik...

O‘zbek tili bilimdonlari saralandi

Termiz davlat universitetida xorijlik talabalar o‘rtasida o‘zbek tili fanidan...

Raqiblarin ortda qoldirdi

Qirg‘iziston Respublikasining Talas shahrida yengil atletika bo‘yicha “Manas Demi”...
KunTun
KunTun