Kreativ tashabbus

Date:

Shaxmat-shashka o‘yinlari aqlni charhlaydi, balki vaqtni mazmunli o‘tkazishga ham xizmat qiladi. Qolaversa, fikrlashga, to‘g‘ri yo‘l tutishga o‘rgatadi. Raqibingiz bilan shaxmat donalarini tergancha, oliy vaqt hakamligida o‘yinga kirishasiz. Ko‘zingizni tikkan shaxmat donalari doimiy ko‘rinishdan o‘zgacha bo‘lsachi, ya’ni butun bir maydon shaxmat taxtasi, ulkan donalar bilan o‘ynash yanada zavq bag‘ishlashi, ishtiyoqingizni oshirishi aniq.
Jarqo‘rg‘on tumaniga yo‘lingiz tushsa, ana shunday kreativ tashabbusga ko‘zingiz tushadi. Aholi o‘rtasida shaxmat sport turini ommalashtirish, ularning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish maqsadida tuman markazidagi maydonda shaxmat maydonchasi tashkil etildi. Shaxmatga qiziquvchi tuman ahli maydonchaga kelib, shaxmat o‘ynab bo‘sh vaqtini mazmunli o‘tkazishi mumkin. Manzil esa aniq — motamsaro ona haykali yoni.


Sohibjamol

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

KITOB — ENG BUYUK MOʻJIZADIR

     Bugungi axborot texnologiyalari asrida smartfon va internet hayotimizni...

G‘olib sayohatga chiqadi

Hukumat qarori bilan ta’lim va sport yo‘nalishlari bo‘yicha fan...

Steviyadan daromad

Sho‘rchi tumanining "Baxshtepa" mahallasida yashovchi Hikmatilla Allayorov tomorqasidan samarali...

Yangi uylar muddatida topshiriladi

Sariosiyo tumanida aholini zamonaviy va qulay uy-joylar bilan ta’minlashga...
KunTun
KunTun