Davlat soliq inspeksiyasi boshlig‘i maktabda

Date:

Rahbar yo‘lboshchi, rahbar salohiyatli va barchani o‘ziga ergashtira oladigan kadr sifatida taassurot uyg‘otadi. Yoshlar muvaffaqiyatga erishgan insonlarni ko‘rganda ularga havas bilan boqadi, ana shunday zalvorli yo‘lni bosib o‘tishni istaydi. Bunday natijaga erishish uchun esa avvalo har bir yosh o‘qib o‘rganishi, izlanishi, kitobga do‘st tutinishi lozim. Ana shundagina istagan cho‘qqisini zabt etishi mumkin.
Muvaffaqiyatga erishishning eng to‘g‘ri yo‘li adabiyotga, kitobxonlikka qiziqishni oshirishdir. Ana shundan keyingina har bir yoshning o‘z oldiga qo‘yadigan aniq maqsadi paydo bo‘ladi. Bu borada sektor rahbari, Davlat soliq inspeksiyasi boshlig‘ining xizmatini e’tirof etib o‘tish o‘rinli. Sektor rahbari Jarqo‘rg‘on tumanidagi maktablarga tashrif buyurib, badiiy va o‘quv adabiyotlari sovg‘a qildi.
Tashrif uchrashuvga ulanib, sektor rahbari ustoz-murabbiylar va o‘quvchi-yoshlar bilan dildan suhbatlashdi. Muvaffaqiyatning siri nimada ekani haqida o‘z tajribasi misolida gapirib berdi. Barchani kitobxonlikka targ‘ib qilib, buning foydasi haqida ham to‘xtalib o‘tdi.


S.Davlatova

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Banklar oltin sotadimi?

O‘zbekistonda banklarga oltin sotish va xarid qilish huquqini kafolatlovchi...

Sayohat, ma’rifat va tozalik…

Surxondaryo viloyati Ichki ishlar boshqarmasining xavfsiz turizmni ta’minlash boshqarmasi...

Kasaba uyushmalari harakati: yubiley tantanali nishonlandi

Surxon vohasida mehnatkashlar fidokorona mehnatini e’zozlash, ularning huquq va...

Obodonlashtirish yangi bosqichda

Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimov rahbarligida hududlarni yanada chiroyli,...
KunTun
KunTun