Quyosh paneli o‘rnatganlarga qanday imtiyozlar beriladi?

Date:

Bugungi kunda faqat va faqat imkoniyatlar, imtiyoz va qulayliklar haqida bong uramiz. Sababi yaratilayotgan shart-sharoitlar xalq mushkulini oson, og‘irini yengil qilishi uchun ekanini unutmaslik kerak. Ayniqsa, bot-bot qulog‘imizga chalinadigan quyosh paneli, quyoshdan elektr energiyasi olish haqidagi gap-so‘zlar shunchaki mish-mish emas. Aytishingiz mumkin, “tinib tinchimagan odamlar nimalar qilishmaydi deb”. Haqiqatan ham bir paytlar ertakdek eshitilgan ko‘z ko‘rib quloq eshitmagan orzular endi haqiqat. Shu maqsadda quyoshdan elektr energiyasi olish ham.
O‘zbekiston Respublikasining “Qayta tiklanuvchi energiya manbalaridan foydalanish to‘g‘risida”gi qonunga ko‘ra esa aholi uchun qator yengilliklar ham mavjud. Ya’ni qonunning 14-moddasiga ko‘ra qaytа tiklanuvchi energiya manbalaridan energiya ishlab chiqaruvchilar qayta tiklanuvchi energiya manbalari qurilmalarini (nominal quvvati 0,1 MVt va undan ortiq bo‘lgan) o‘rnatganlik uchun mol-mulk solig‘ini to‘lashdan hamda ushbu qurilmalar bilan band bo‘lgan uchastkalar bo‘yicha yer solig‘ini to‘lashdan ular foydalanishga topshirilgan paytdan eʼtiboran o‘n yil muddatga ozod etiladi.
Amaldagi energetika resurslari tarmoqlaridan to‘liq uzib qo‘yilgan yashash uchun mo‘ljallangan joylarda qayta tiklanuvchi energiya manbalaridan foydalanuvchi shaxslar egaligidagi mol-mulkka qayta tiklanuvchi energiya manbalaridan foydalanilgan oydan eʼtiboran uch yil muddatga jismoniy shaxslardan olinadigan mol-mulk solig‘i solinmaydi.
Amaldagi energetika resurslari tarmoqlaridan to‘liq uzib qo‘yilgan yashash uchun mo‘ljallangan joylarda qayta tiklanuvchi energiya manbalaridan foydalanuvchi shaxslar qayta tiklanuvchi energiya manbalaridan foydalanilgan oydan eʼtiboran uch yil muddatga yer solig‘idan ozod etiladi.
Aytish kerakki, qayta tiklanuvchi energiya manbalaridan shaxsiy ehtiyojlar uchun elektr energiyasi ishlab chiqarilgan taqdirda, ruxsat beruvchi hujjatlar olish talab etilmaydi.


Sohibjamol

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

“Sangardak” — munosib sayyohlik tuhfası

Vatanimiz mustaqilligining 35 yilligi arafasida Sariosiyo tumanida turizm salohiyatini...

Bayram tantanasidan unutilmas lahzalargacha…

Vatanimiz mustaqilligining 35 yilligi munosabati bilan Sherobod tumanida bayram...

“Milliy brend”ning yangi manzili — Uzun

O‘zbekiston Respublikasi mustaqilligining 35 yilligi arafasida hududlarda yangi ishlab...

Istiqlol — muqaddas qadriyat

O‘zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining 35 yilligi munosabati bilan Surxondaryo...
KunTun
KunTun